Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Magmatik tog’ jinslarining ular tarkibidagi SiO



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   335
-qullanma

 
7.2. Magmatik tog’ jinslarining ular tarkibidagi SiO
2
 miqdoriga qarab 
klassifikatsiyasi. 
Yuqoridagi    jadvalda    eng    ko’p  uchraydigan  intruziv    (chuqurlik)  jinslari  
va aynan o’xshashliklari, effuziv  jinslari keltirilgan. 
Nordon  jinslarda  asosiy  jins  tashkil  etuvchi    minerallardan;    kaliyli  dala 
shpatlari (60% ga yaqin) va  kvarts (30-35%) sanaladi. Qumtuproq tarkibi bo’yicha 
guruhlarga  bo’linishi  amaliy  ahamiyatga  egadir.  SiO
2
  miqdori  kamayib  borgan 
sari, ya’ni granitlardan  gabbroidlarga yoki porfirlardan diabazlarga o’tishi  sifatiga 
qarab  zichlik,  mustahkamlik,  zarbiy  qovushqoqlik    ortib  boradi,  jinslarning  erish 
harorati kamayadi, rangi  esa qoramtir tus oladi. 


41 
 
Turli  inshootlarni    loyihalashda    va  qurishda  magmatik  tog’    jinslaridan 
juda keng foydalaniladi. Ularning ustiga  inshootlar qurishda, ularni muhandislik - 
geologik  nuqtai    nazardan  baholashda  esa  bu  jinslarning  mineralogik    tarkibi, 
strukturasini,  teksturasini,  darzlarning    xarakterini  va  nurashga  uchraganligini 
hisobga  olish      zarur.  Bulardan  tashqari  ularni  fizik  -  mexanikaviy    xossalarini 
o’rganish ham katta ahamiyatga egadir. 
Granitlar
  va  ularga  yaqin  turadigan  oraliq    jinslar  (granitoidlar)  -  kvarts, 
dala  shpatlari  slyuda    ba’zan  shox  aldamchisi  yoki  avgitdan  tuzilgan  bo’ladi. 
Jinsning rangi kul rangdan qizil tusgacha o’zgarib, dala  shpatining rangiga qarab 
o’zgaradi. Granit yuqori zichlik  va mustahkamligiga ega bo’lishiga qaramasdan u 
ancha    mo’rtdir,  chunki  uning  cho’zilishga  bo’lgan  mustahkamligi,    siqilishga 
mustahkamligiga qaraganda 40-60 marta  kichikdir. Granitning suv shimuvchanligi 
1%  dan  kichik,    sovuqqa  chidamliligi  -  200  sikldan  yuqori,  kam  yeyiluvchan,  
yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə