Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Geologiya fani tarixi va bu fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   335
-qullanma

 
1.2. Geologiya fani tarixi va bu fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
Yerning  moddiy  tarkibini  mineralogiya  (minerallar  haqidagi  fan)  va 
kristallografiya  (kristallar  haqidagi  fan),  petrografiya  (tog’  jinslari  haqidagi  fan), 
                                                 
1
Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 2. 



 
geokimyo  (Yer  kimyosini  o’rganuvchi  fan),  paleontologiya  (qadimgi  organizm-
larning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), 
foydali  qazilmalar  geologiyasi  (mineral  xom  ashyolarni  o’rganuvchi  fan), 
gidrogeologiya  (yerosti  suvlari  haqidagi  fan)  va  boshqalar  o’rganadi.  Yer 
yuzasining  shakllari,  ularning  paydo  bo’lishi,  rivojlanishi  va  taraqqiyotini 
geomorfologiya  fani  o’rganadi.  Yerning  yoshi  va  qatlamlar  orasidagi 
munosabatlarni  stratigrafiya,  tektonik  harakatlarni  geotektonika  va  strukturalarni 
strukturaviy geologiya o’rganadi. 
Geologik  bilimlarning  shakllanishi  va  taraqqiyoti  uzoq  o’tmishga  borib 
taqaladi.  Geologiya  fan  tariqasida  ikki  asrdan  ko’proq  vaqt  oldin  shakllangan. 
O’tmishda  uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb qarashgan. Faqat 
XVIII  -  asrda  N.Steno  (Italiya),  M.V.Lomonosov  (Rossiya),  A.Verner 
(Germaniya),  J.Byuffon,  J.Kyuve,  A.Bronyar  (Fransiya),  D.Xatton  (Shotlandiya), 
U.Smit  (Angliya)  va  boshqalarning  umumlashtirilgan  va  fundamental  ishlari 
tufayli geologiya mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllandi
2
.
 
Qazilma  boyliklarni  qazib  olish  haqidagi  birinchi  geologik  tushunchalar 
qadim  zamonlardan  beri  mavjud.  Odamlar  keyinroq  mis,  qo’rg’oshin,  qalay, 
kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta - sekin 
qimmatbaho  mineral  va  tog’  jinslaridan  foydalanganlar:  ohanrabo,  lazurit,  feruza 
va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar. 
Dastlabki  Yer  haqidagi  yozma  ma’lumotlar  Bobil  (hozigi  Iroq)  davlatiga 
mansub.  Dunyoning  paydo  bo’lishi  to’g’risidagi  dastlabki  rivoyatlar  Mesopo-
tamiyada,  miloddan  avvalgi  4  -  3  ming  yillikda  ilk  sinfiy  davlatlar  -  Ur,  Uruk 
Lagash  va  boshqalarda  vujudga  kelgan.  Bular  eramizdan  avvalgi  626  -  538  y. 
ma’lumotlar Janubiy  Mesopotamiyada hukmronlik qilgan Xaldeya dinastiyasining 
yangi  Bobil  podsholigiga  qarashli  shaharlarda  topilgan  gildan  yasalgan 
buyumlarda yozib qoldirilgan. Dunyoning paydo bo’lishi haqidagi Bobilliklarning 
qadimgi  rivoyatlari  yahudiylarning  «Injil»iga,  xristian  va  musulmon  dinining 
                                                 
2
Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 5. 



 
«muqaddas»  kitoblariga  ham  kirib  qolgan.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining 
taraqqiyoti tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun moddiy asos yaratdi. Tabiiy fanlar  
Xitoy,  Yunoniston,  Rim,  Eron,  O’rta  Osiyo  davlatlarida  (Xorazmda, 
Sug’diyonada) nisbatan yuksaldi. 
Taxminan  eramizdan  avvalgi  XX  -  XIX  -  asrlarda  Xitoyda  mualliflar 
jamoasi  tomonidan  yozilgan  «San  Xey  Din  -  tog’  va  dengizlar  haqidagi  qadimgi 
rivoyatlar»  degan  to’plam  yozilgan.  Oldinroq  uning  ayrim  qismlari  suyak, 
yog’och,  nefritdan  yasalgan  taxtalarga  yozilgan.  Keyingi  asrlarda  unga 
qo’shimchalar kiritilgan va so’nggi nusxasining yaratilishi eramizdan avvalgi 400 
yillarga to’g’ri keladi. 
Bu qo’lyozmada 17 ta mineral: oltin, kumush, qalay, mis, temir, magnetit, 
kuprit,  aragonit,  realgar,  yashma,  nefrit  va  boshqalar  haqidagi  ma’lumotlar 
berilgan. 
Yaponiya  va  Sharqiy  Xitoy  dengizlaridagi  orollarda  tez  -  tez  sodir  bo’lib 
turadigan  zilzilalar  mahalliy  aholini  juda  qiziqtirgan  va  bu  hodisani  o’rganish 
uchun  132  inchi  yilda  Chjan  Xen  birinchi  bo’lib  eng  oddiy  seysmograf  ixtiro 
qilgan. 
Abu  Rayxon  Beruniy  o’zining  arab  tilida  yozgan  bir  qator  asarlarida  Yer, 
minerallar,  ma’danlar,  geologik  jarayonlar  to’g’risida  juda  ajoyib  fikrlarni  yozib 
qoldirgan. 
Beruniy Yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham 
birinchilar qatorida aniqlagan. Olimning  astranomik  risolasidagi sxematik xaritasi 
Eski  Dunyoni  yaxshi  bilganligidan  dalolat  beradi.    Beruniyning    bu  sohadagi 
ishlari  g’arb  geografiyasidan  oldinda  turgan.  Beruniy  o’sha  vaqtdagi  o’zining  xa-
ritasiga  afsonaviy  davlatlar  va  Kaspiybo’yi  mamlakatlarini  joylashtirmaydi,  balki 
Xorazm  va  Hindistonning  geologiyasini  tavsiflashga  urinib,  oqar  suvlar  faoliyati 
haqidagi ilmiy fikrlarini aniq ifodalab bergan. 


10 
 
Beruniy  ayrim  olimlarning  Xudoning 
xohishi  bilan  ariqdagi  suv  orqaga  qarab  oqishi 
mumkin, degan noto’g’ri fikrlarini fosh etib, suv 
oqimining asl mohiyatini talqin etadi va u tabiat 
qonunlariga  mos  jarayon  ekanligini  isbotlab 
bergan. 
Uning  fikricha,  suv  markazga  intilish 
kuchiga ega, binobarin u pastdan yuqoriga qarab 
oqmaydi.  Suvlarning  tog’  bag’ridan  buloq 
shaklida yoki Yer tagidan yuqoriga fontan bo’lib 
otilib  chiqishini  Beruniy  Yer  ostidagi  bosim 
kuchiga  bog’lab  tushuntirgan.  Daryo  yotqiziq-
lari  haqida  esa  Beruniy  o’zining  «Aholi  yashaydigan    joylar  orasidagi 
masofalarning  oxirgi  chegarasini  aniqlash»  degan  asarida  bunday  deydi:  «Kimki 
bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag’allar hamda 
mayda  zarrachalar  turli  kuchlar  ta’sirida  tog’dan  ajraladi;  keyin  uzoq  vaqt 
davomida  suv  va  shamol  kuchi  tufayli  ularning  qirralari  tekislanib,  silliqlanadi 
hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o’z navbatida mayda donachalar - qum va 
changlar paydo bo’ladi. Agar bu shag’allar daryo o’zanida to’plansa, orasiga gil va 
qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o’tishi bilan aralashgan narsalar 
suv tagida ko’milib ketadi. 
Beruniyning XI - asr boshlarida birinchi bo’lib daryo o’zanlarida cho’kindi 
jinslar  donalari  o’lchamining  suv  oqimi  tezligiga  qarab  o’zgarishi  qonuniyatini 
yaratganligi (keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Bu  qonuniyat  so’nggi  yillarda  V.I.Popov  (1964  y.)  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
cho’kindi hosil bo’lishidagi fatsial birliklarning bosqichli dinamik tamoyiliga mos 
keladi. 
Beruniy o’zining «Mineralogik traktat» degan  asarida (X  -asrning birinchi 
yarimi)  minerallar  haqida  chuqur  va  aniq  ilmiy  ma’lumotlar  bergan.  Minerallarni 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə