Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   335
-qullanma

Umumiy  geologiya
  -  yerdagi  tashqi  va  ichki  jarayonlarning  sodir  bo’lish, 
rivojlanish va so’nish qonuniyatlarini o’rganadi;
  
Mineralogiya
 - yerdagi hosil bo’ladigan kimyoviy birikmalar - minerallar 
haqidagi  fan  bo’lib,  ularning  hosil  bo’lish  tarkibi  va      qurilish  xossalarini 
o’rganadi;
 
Petrografiya
  -  tog’  jinslari,  tarkibi,  kelib  chiqishi,  yotish      sharoiti  va 
tarqalish qonuniyatini o’rganuvchi fandir; 
Tarixiy  geologiya
  -  yerning  uzoq  o’tmishi  tarixini  va  yer  qobig’ining   
rivojlanish  qonuniyatlarini  o’rganuvchi  fan  bo’lib,  o’ziga  stratigrafiya    va 
paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi;  
Kristallografiya
  -  moddalarning  kristallik  holati  va  kristallik    panjarasini 
o’rganuvchi  fan.  Moddalarning  kristallik  tuzilishini    o’rganish,  qurilish 
materiallarining texnologiyasini bilish uchun  zarurdir;  



 
Paleontologiya 
-  o’tmishda  yashagan  va  tog’  qatlamlari  orasida  qolib, 
toshga aylangan o’simlik (flora) va hayvon (fauna) qoldiqlarini  o’rganadigan fan; 
Geofizika
  -  yer  qatlamlaridagi  jinslarning  fizikaviy  xususiyatlarini 
o’rganadigan fan. Zamonaviy elektrometriya,  seysmometriya usullar bilan qurilish 
maydonlaridagi 
tog’ 
jinslarining 
tok 
o’tkazish  qarshiliklari 
o’zgarishi, 
to’lqinlarning  tarqalish  tezligi,    magnitlanish  xususiyatlari,  radioaktivligi,  zichlik 
xossalari aniqlanadi;   
Tektonika
  -  tog’  jinslarining  yotish  shaklini,  ya’ni  nishablik  bilan    yoki 
uzilmali,  burmali  hollarini  o’rganadi.  Qurilish  ishlari  olib    boriladigan,  zilzilali 
hududlarda  tektonik  sharoitni  hisobga  olish    muhim  bo’lib,  bino  yoki  inshootlar 
qismlari  zilzila  oqibatida    tektonik  yoriqlar  bo’yicha,  bir  -  biriga  nisbatan  siljishi 
tufayli shikastlanishi yoki vayron bo’lishi mumkin; 
Geomorfologiya
 - yerni sathiy shakllari, tog’liklarni hosil bo’lishi  davrlari 
va yo’llarini o’rgatadigan fan;  
Gidrogeologiya 
-  yer  ostida  to’planadigan  suvlar  haqidagi  fan  bo’lib  
ularning    hosil  bo’lishini,  harakatlanish  qonuniyatini,  tarkibini,    qidirib  topish 
usullarini o’rganadi. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə