Muhandislik -geologik tadqiqotlar


Muhandislik    geologiyasi



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   335
-qullanma

Muhandislik    geologiyasi
  -  fanning  vazifasi  qurilish  maydonining  
geologik  sharoitini  hisobga  olib,  inshootning  chidamligi  va      mustahkamligini 
ta’minlashdir. Muhandislik geologiyasi fani quyidagi  bo’limlarga bo’linadi: 
Gruntshunoslik 
-  gruntlarning  tarkibi  va  xossalarini  o’rganadi;  gruntlar 
mexanikasi  -  gruntlar  mustahkamligi  va  bardoshligini    o’rganadi;  geologik  - 
jarayonlarni 
o’rganuvchi 
maxsus 
muhandislik 
geologiyasi, 
muhandislik 
gidrogeologiyasi;  muhandislik  gidrodinamikasi  -  tabiiy  geodinamik  jarayonlar 
(surilishlar,  jarliklar,  sellar,  eroziya,  muzli  gruntlarni  o’rganish)  shuningdek 
odamlarning  ish  faoliyatlari  tufayli  qurilishda  hosil  bo’ladigan  jarayonlarni 
o’rganadi.  
Muhandislik geologiyasi rivojlanishi XIX asr oxirida boshlanib, bu vaqtda 
ko’plab yirik muhandislik inshootlari qurilishi boshlangan edi. XX asrning 20 - 30 
yillariga kelib, muhandislik geologiyasi maxsus  ilmiy yo’nalish bo’lib shakllandi. 



 
Muhandislik  geologiyasi  fanining    rivojlanishida,  murakkab  tabiiy  sharoitda 
bo’lgan,  Volxov,  Dnepr,    Svir,  Quybishev,  Kaxov    elektrostantsiyalarining,  
Baltika - Belomor,  Volga - Don kanallari,  shuningdek  Moskva, Leningrad, Kiev 
va Toshkent shahri tonnellarining qurilishi asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur o’quv 
qo’llanmada  geologik  jarayonlarga  muhim  o’rin  berilgan  bo’lib,  quruvchilar  buni 
bilishlari kerak, chunki  hozirgi sharoitlarda  geologik jarayonlar  shaharlarda, suv 
omborlari  va  qazilmagohli    hududlarda  faollashib  bormoqda.  Yer  osti  suvlari 
bosgan  hududlar    kengaymoqda,  qirg’oqlarda  surilishlar,  o’pirilishlar  ro’y 
bermoqda.  
Neft va gaz  sanoati  yo’nalishi  bo’yicha bitirgan bakalavrlar muhandislik  
tarmoqlari  inshootlari  quriladigan  maydonning  geologik  -  litologik    tuzilishini, 
gruntlarning  turlarini,  tarkibi,    fizik  -  mexanik    xususiyatlarini  bilish  bilan  bir 
qatorda  yer  osti  suvlari,  ularning    paydo  bo’lishi,  harakat  qonuniyatlarini  va  ular 
bilan  bog’liq  bo’lgan    geologik  jarayonlar  va  hodisalar  turlarini  bilishi  kerak. 
Bo’lajak    neft  va  gaz    sanoati    mutaxassislari    qurilish  maydonining  geologik 
sharoitlarini  quriladigan inshoot mustahkamligi va chidamliliga ta’sirini taxlil  qila 
olishi shartdir.   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə