Muhandislik-texnologiya


Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə104/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193
Falsafa

Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar
Bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan, ikki yoki undan ortiq oddiy qat’iy sillogizmlardan tuzilgan xulosa chiqarish – polisillogizm, ya’ni murakkab sillogizm deb ataladi. Polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta yoki kichik asosi bо‘ladi. Shunga kо‘ra, polisillogizmning progressiv va regressiv turlari farqlanadi.
Progressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta asosi о‘rnida keladi. Masalan:
Insonni kamolotga yetishtiruvchi narsalar foydalidir.
Ilmni egallash – insonni kamolotga yetishtiradi.
Ilmni egallash foydalidir.
Hunar о‘rganish – ilmni egallash demakdir.
Demak, hunar о‘rganish foydalidir.
Regressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining kichik asosi bо‘lib keladi. Masalan:
О‘simliklar tirik mavjudotlardir.
Daraxtlar о‘simliklardir.
Tirik mavjudotlar hujayradan tashkil topgan.
Daraxtlar tirik mavjudotlardir.
Demak, daraxtlar hujayradan tashkil topgan.
Polisillogizm tarkibidagi birinchi, dastlabki sillogizm prosillogizm, qolganlari episillogizm deyiladi.
Polisillogizmning qisqartirilgan kо‘rinishi – sorit deb ataladi.
Soritning tuzilishi quyidagicha:
Hamma A-B.
Hamma B-V.
Hamma V-G.
Hamma G-D.
Hamma A-D.
Soritlar ham progressiv yoki regressiv bо‘ladi. Progressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning katta asosi tushirib qoldiriladi.
Regressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning kichik asosi tushirib qoldiriladi.
Sillogizmning kichik asosi tushirib qoldirilgan sorit – Arastu soriti, sillogizmning katta asosi tushirib qoldirilgan sorit – Goklen soriti, deb ataladi.
Epixeyrema
Epixeyrema – murakkab qisqartirilgan sillogizm bо‘lib, uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bо‘ladi. Epixeyremaning shakli quyidagicha:
M-Rdir, chunki M-Ndir.
S-Mdir, chunki S-O dir.
S-Pdir.
Masalan:
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir, chunki ular haqiqatdir.
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir, chunki ular tabiat qonunlaridir.
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir.

Epixeyremaning tо‘liq kо‘rinishi quyidagicha:


1. Haqiqat – isbotlangan fikrdir. N-Pdir.
Ilmiy qonunlar haqiqatdir. M-Ndir.
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir. M-Pdir.

2. Tabiat qonunlari – ilmiy qonunlardir. O-Mdir.


Fizika qonunlari – tabiat qonunlaridir. S-Odir.
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir. S-Mdir.

3. Ilmiy qonunlar – isbotlangan fikrlardir. M-Pdir.


Fizika qonunlari – ilmiy qonunlardir. S-Mdir.
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir. S-Pdir.

Epixeyremadan bahs va munozaralar, notiqlik san’atida foydalaniladi. Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bо‘lishiga qaramay, uning tarkibidagi katta va kichik asos, xulosani ajratib olish, farqlash oson bо‘lgani uchun ham fikr yuritish jarayonida keng qо‘llaniladi.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə