Muhandislik-texnologiya


III. Shartli – ayiruvchi – lemmatik (taxminlab) xulosa chiqarish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə107/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   193
Falsafa

III. Shartli – ayiruvchi – lemmatik (taxminlab) xulosa chiqarish deb, asoslardan biri ikki yoki undan ortiq shartli hukmlardan, ikkinchisi esa ayiruvchi hukmdan iborat bо‘lgan sillogizmga aytiladi. Ayiruvchi asosdagi a’zolarning soniga kо‘ra, bunday xulosalar dilemma (ayiruvchi asos ikki a’zodan iborat bо‘lgan), trilemma (ayiruvchi asos uch a’zodan iborat bо‘lgan) va polilemma (ayiruvchi asos tо‘rt va undan ortiq a’zodan iborat bо‘lgan) deb ataladi.
Dilemma oddiy yoki murakkab bо‘ladi. Oddiy dilemmaning shartli asosidagi hukmlar yo shartiga, yo natijasiga kо‘ra о‘xshash bо‘ladi. Murakkab dilemmaning shartli asosidagi hukmlar ham shartiga, ham natijasiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. Dilemmalar konstruktiv (tuzuvchi) yoki destruktiv (buzuvchi) turlarga bо‘linadi. Demak, dilemmalar tо‘rt xil bо‘ladi: 1. Oddiy konstruktiv dilemma. 2. Oddiy destruktiv dilemma. 3. Murakkab konstruktiv dilemma. 4. Murakkab destruktiv dilemma.
Oddiy konstruktiv Oddiy destruktiv
dilemmaning formulasi: dilemmaning formulasi

a → s, b → s a→b, a→c


a v b v
s

Masalan:
Agar yoshlar ilm о‘rgansalar, hayotda о‘z о‘rinlarini topadilar.


Agar yoshlar hunar о‘rgansalar, hayotda о‘z о‘rinlarini topadilar.
Yoshlar yo ilm, yo hunar о‘rganadilar.
Demak, ular hayotda о‘z о‘rinlarini topadilar.

Agar talaba chet tilini yaxshi bilsa, konkursda ishtirok etadi.


Agar talaba chet tilini yaxshi bilsa, chet elga о‘qishga boradi.
Talaba konkursda ishtirok etmadi yoki chet elga о‘qishga bormadi.
Demak, talaba chet tilini yaxshi bilmaydi.


Murakkab konstruktiv Murakkab destruktiv
dilemmaning formulasi: dilemmaning formulasi:
a → b, c → d a→b,c→d
avc
bvd
Masalan:
Agar inson yaxshi amallarni bajarsa, uni yaxshi nom bilan eslashadi.
Agar inson yomon amallarni bajarsa, uni yomon nom bilan eslashadi.
Inson yo yaxshi, yo yomon amallarni bajarishi mumkin.
Demak, uni yo yaxshi, yo yomon nom bilan eslashadi.
Agar inson boshqalarga yaxshilik qilsa, unga ham boshqalar yaxshilik qiladi.
Agar inson boshqalarga yomonlik qilsa, boshqalar ham unga yomonlik qiladi.
Insonga yo yaxshilik, yo yomonlik qaytadi.
Demak, u boshqalarga yaxshilik ham, yomonlik ham qilmadi.
Dilemmalarni tо‘g‘ri tuzish va hal qilish uchun kо‘rilayotgan masalaning barcha yechimlarini aniqlash zarur. Dilemmani ba’zan unga qarama-qarshi mazmundagi boshqa bir dilemma orqali rad etish mumkin. Bunga mantiq ilmi tarixidan quyidagi misolni keltiramiz: «Afinalik ayol о‘g‘liga shunday maslahat beradi: jamoat ishlariga aralashmagin, chunki agar haqiqatni gapirsang, seni odamlar yomon kо‘radi, agar yolg‘on gapirsang, unda seni xudolar yomon kо‘radi. Bunga Arastu quyidagicha rad javobni о‘ylab topadi: Men jamoat ishlarida ishtirok etaman, chunki agar haqiqatni gapirsam, meni xudolar yaxshi kо‘radi, agar yolg‘on gapirsam, meni odamlar yaxshi kо‘radi».

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə