Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə110/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   193
Falsafa

Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘liq boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bо‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiY.
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bо‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini kо‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning о‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini kо‘rsatuvchi mulohazalardan iborat bо‘ladi.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar sifatida faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, о‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bо‘lishi lozim.
Ta’riflar ham chin hukmlar bо‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu har qanday о‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi о‘z-о‘zidan ravshan bо‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida kо‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bо‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli – demonstratsiya tezis bilan argumentlar о‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bо‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bо‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis kо‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «О‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «О‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə