Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə111/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   193
Falsafa

Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bо‘lgan hukmning (antitezisning) xatoligini kо‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bо‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlash tezis (a) va antitezis ( ) о‘rtasidagi munosabatga asoslanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bо‘lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm olinadi.
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), sо‘ngra bu natijalarning xatoligi kо‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm chin bо‘lsa, «Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bо‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning о‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, «Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan fikrning chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli dizyunksiyaning) bir a’zosi bо‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini kо‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo B, yo C shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni B shaxs ham, C shaxs ham sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat’iy sillogizmni inkor etib, tasdiqlovchi modusi bо‘yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variantlar tо‘liq olingandagina xulosa chin bо‘ladi, ya’ni tezis isbotlanadi.
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amal.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bо‘lgan fikrning xatoligini kо‘rsatishdan iborat bо‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy kо‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bо‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstratsiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bо‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar bо‘yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I Tezisni rad etish
II Argumentlarni rad etish
III Demonstratsiyani rad etish.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə