Muhandislik-texnologiya


II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə114/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   193
Falsafa

II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yо‘l qо‘yiladi. Masalan, qadimgi grek faylasufi Fales о‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bо‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos.
3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yо‘l qо‘yiladi. Masalan, «Sо‘zning qudrati fikr bilan о‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati sо‘z bilan о‘lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yо‘l qо‘yiladi.
III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar.
1. «Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yо‘l qо‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bо‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina kо‘chada yuradi», «A shaxs kо‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bо‘ladi.
2. Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga о‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bо‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, о‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yо‘l qо‘yiladi.
3. Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bо‘lgan xatolar:
a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bо‘lgan mantiqiy xatolar. Bu haqda deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan;
b) induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bо‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «shoshib umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning uchun», deb ataluvchi xatoliklardir. Masalan, bir-ikki talabaning darsga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bо‘lishini umumlashtirib, «hamma talabalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir;
v) analogiyada uchrashi mumkin bо‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «yolg‘on analogiya» bilan bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgining zaruriy deb olinishi, faqat birgina о‘xshash belgiga asoslanishi yoki mutlaqo taqqoslab bо‘lmaydigan hodisalarning о‘zaro taqqoslanishi natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi.
Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yо‘l qо‘yuvchilar – sofistlar, ularning ta’limoti esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi. Fikr yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yо‘l qо‘yilsa, paralogizm deyiladi. Chinligini ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bо‘lgan fikrlar esa paradoks deb ataladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə