Muhandislik-texnologiya


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə116/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193
Falsafa

Takrorlash uchun savollar

    1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.

    2. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari

    3. Tushunchalarning shakllanish va qo‘llanishi.

    4. Xulosa chiqarish nima?

    5. Xulosa chiqarishning qanday turlari mavjud?

    6. Deduktiv xulosa chiqarishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    7. Bevosita xulosa chiqarish qanday shakllarda amalga oshadi?

    8. Tо‘liq va tо‘liqsiz induksiyalarning bir-biridan farqi nimada?

    9. Analogiya bо‘yicha xulosa chiqarishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    10. Analogiya va modellashtirish о‘zaro qanday aloqada?

    11. Muammolar ko‘lamiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

    12. Muammoni hal etish uchun nima qilish kerak?

    13. Gipoteza nima? Axloqiy tamoyil deganda nimani tushunasiz?

8-MAVZU. ETIKA.

Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va moxiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini urganadi. «Axloq» suzi arabchadan olingan bo’lib, «xulk» suzining kuplik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-xarakatining eng kamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bulsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattarok qismini xulk, eng kamrovli qismini axloq egallaydi.


Odob – inson xakida yokimli taassurot uygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat xayotida u kadar muxim axamiyatga ega bulmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-xarakatlarni uz ichiga oladi.
Xulk – oila, jamoa, maxalla-kuy mikyosida axamiyatli bulgan, ammo jamiyat va insoniyat xayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yokimli insoniy xatti-xarakatlarning majmui.
Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bula oladigan ijobiy xatti-xarakatlar yigindisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orkali tushuntirishga xarakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba xamma qatori utiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chikib, uning ruparasida tik turib koldi. Agar talaba darxol: «utiring, otaxon!» deb joy bushatsa, u chiroyli a’mol kilgan buladi; chetdan karab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb kuyadi. Aksincha, talaba yo teskari karab olsa, yoki uzini mudraganga solib, kariyaga joy bushatmasa, gashimiz keladi, kunglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr utadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uygotadi. Lekin, ayni paytda, talabaning kariyaga joy bushatgani yoki bushatmagani okibatida vagondagi yulovchilar xayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muxim uzgarish ruy bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: maxallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha quni-qushnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, xech kimdan kulidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq kungil, ochiq qul, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mexribon va x. k. Unday odamni biz xushxulk inson deymiz va unga maxallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bulsa, u quni-qushnilar bilan kupol muomala qilsa, to’y – ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga udagaylab, musht uqtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, xaqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr kuradi, maxalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-xarakatlari jamiyat ijtimoiy xayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir utkazmaydi.
Axloqqa kelsak, masala jiddiy moxiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori uzi mas’ul xududda doimo qonun ustuvorligini, adolat karor topishini kuzlab ish yuritadi, lozim bulsa, xokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chikib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki xaqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bagishlagan yuksak axloq egasi; u, uzi yashayotgan jamiyat uchun namuna bularok, usha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun ximoyachisi bulaturib, uzi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yulida okni kora, korani ok deb tursa, u axloqsizlik kilgan buladi: oddiy fukoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uygonadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-okibat usha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi14.
Axloqshunoslikdagi tushunchalar (kategoriya) ning shaklari xilma-xil bo’lib, mazmunida axloqshunoslik talab qiladigan jarayonlar ifoda etiladi. Kategoriya – yunoncha so’z bo’lib, ta‘rif berish, fikr aytish ma‘nolarni anglatadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə