Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə124/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193
Falsafa

Mehnatsevarlik. Inson barcha mavjudotlar ichida xatti – harakatlarining, faolyatlarining ko’pligi va xilma – xilligi biln ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti – harakatlarning aniq maqsadga yo’naltirilgan qismidir.
Mehnatsevarlik tamoyili mehnat jarayonida shaxsning o’z – o’zini namoyish etishga, o’zligini royobga chiqarishga, o’zgalar bilan munosabat o’rnatishga imkon yaratuvchi axloqiy fazilatdir. U insondagi halollikni, intizomni, ishtiyoq va intilishni talab etadi, mehnatga nisbatan subektiv tarzdagi ijobiy munosabatni taqozo qiladi.
Mehnatsevarlikni tarbiyalab borishda, uni kuchaytirishda raqobat alohida ahamiyatga ega. Zero, raqobat faqat moddiy ustunlikni emas, balki ma’naviy ustunlikni ham taqozo etadi, ya’ni unda moddiylik va ma’naviylik teng ishtirok etadi.
Mustaqilligimiz sharofati bilan mehnat yana erkin shaxning o’ziga va atrofdagilarga individual munosabatga aylandi, “mohiyatan besh qo’l barobar bo’sin” degan tenglashtirish siyosati barham topdi. Mehnatsevarlik esa yangi jamiyatimiz kishisining, jahonniy kenglikka chiqish huquqiga ega bo’lgan shaxsning sevimli va huzurbaxsh tamoyiliga aylandi.
Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, qon to’kishning har qanday ko’rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning tinch – totuv yashashga bo’lgan munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroylik gaplar aytish, yig’inlarda ma’ruzalar qilish emar, balki faol xatti – harakat, uyushtiruvchlik, tashkilotchilik birinchi faoliyat hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fidoiy insonlardir. Ularning ana shu fidoiylarcha xatti – harakatlari pirovard natijada har bir inson hayotiga qaytarilmas noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat suverenetetini, har bir millatning o’z hayot tarziga monand yashash huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi, mamlakatlararo jamoat tartibini saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarixiy – madaniy hamkorlikka, millatlar va turli ijtimoiy guruhlar orasida o’zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
Jumardlik. Jumardlik tamoyili esa Sharqda qadimdan mavjud. Ovrupada uni altruizm nomi bilan Ogyust Kont ilmiy muomalaga kiritgan. U kishidagi o’z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg’usidan kelib chiqadi, mohiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. O’z manfaatidan o’zga manfaatini ustun qoyib, “o’z og’zidagini o’zga og’ziga tutuib” yashash jo’mard insonning hayot tarziga aylanadi. Bu – oddiy xayriya emas, balki muhtojlikning har qanday ko’rinishiga qarshi o’ziga xos kurashdir. Ammo bu kurash insonparvarlik, vatanparvarlikdagi singari qatiy jamiyat yoki jamoaning axloqiy – meyori talablaridan kelib chiqmaydi, u faqat va faqat xususiylik tabiatiga ega, har bir shaxsning erkin ixtiyori bilan bog’liq axloqiy tamoyil. Chunonchi, biror kishi tomonidan insonparvarlik yoki vatanparvarlik talablarini bajarmaslik boshqalarda unga nisbatan nafrat hissini uyg’otadi, jumardlik ko’rsatmagan odam esa bunday ma’naviy javobgarlikka tortilmaydi. Zero, jumardlik mohiyatan “oddiy omadlik qobig’idan chiqa bilish”, ilohiylik sifatlariga esa bo’lib borish demakdir, bu esa hammaga ham nasib etavermaydi.
Inson hayotida axloqiy meyorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin,ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida royobga chiqadi. Halollik, rostgoylik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik kabi meyorlar ayniqsa diqqatga sazovor.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə