Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə125/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   193
Falsafa

Halollik va rostgoylik. Avval shuni aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy mazmunidaqaysi taom harom-u, qaysisi halol,degan ma’noda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniydunyoviy ma’no kasb etgan meyorga aylangan. Halollik, rostgoylikvijdon tushunchasi bilan bo’gliq, insonning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof bo’lishini talab etuvchi meyorlardir.
Birinchi Prezident Islom Karimov nutqlaridan birini “ Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo’lsin” deb, boshqa bir suhbatini esa “ Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo’lsin” deb atagani bejiz emas; hozirda halol, rostgoy, insofli, fidoyi insonlardan iborat bo’lgan fuqarolar jamiyatini qurishfaqat axloqiy muammo emas, balki kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini anglatuvchi ijtimoiysiyosiy yangilanishdir.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog’liq, ma’lum ma’noda halollikka o’xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. Chunki halollik o’z haqi va haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o’zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg’a tashlangan holatdir: unda kishi o’z halol haqi va haqqidan o’zganing hisobiga kechadi; “o’zga” ning sharoiti o’zinikidan nihoyatda og’ir va yomon ekanini hisobga olib, o’z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o’zgaga beradi, muruvvat ko’rsatadi.
Xushfe’llik, shirinsuxanlik, kamtarimlik, bosiqlik singari axloqiy xatti-harakatlar meyoriylik nuqtai nazaridan g’oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero xushfe’l, shirinsuxan inson o’zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g’azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o’tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o’ziga ham, o’zgalarga ham ko’tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o’tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag’ishlaydi. Jamiyat doimo o’shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o’rnak olishga intiladi.
Xushfe’llik, shirinsuxanlik qay darajadadir ko’proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir insoniy tabiatgaintilishi bilan bog’liq bo’lsa, bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik aksincha, ko’proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o’z g’azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so’zlagisi, biror-bir gap bilan o’zini ko’rsatgisi kelib qolganda o’sha istakni toxtata olishi kuchli irodani talab qiladi.
Shu bois muomalada bosiq, kamtarin, “yetti o’lchab bir kesish “tamoyili asosida ish ko’rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo’ladilar.
Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi xisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan sung) aloxida falsafiy yunalishdagi fan makomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribrok talkin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuklardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni xaqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chikkan xolda, falsafaning tadqiqot obyektini tafakkur deb belgilash maksadga muvofik. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadkik etadi va amaliyotda insonni ezgulik orkali xaqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafsi deb atash mumkin.
Xozir u falsafiy fan sifatida uch yunalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadkik etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) urgatadi. Shunga ko’ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-meyoriy tabiatga ega. qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunoslikning bulishi mumkin emas. U insoniyat o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini xikmatlar, nakllar, matal-makollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o’rgatadi, ularga axloqning moxiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Yani, shunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, gazzoliy, Spinoza, Kant, xegel, Shopenxauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «kobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Baxoriston», Navoiyning «Maxbub ul kulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «xikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bagishlangan asarlar xam o’z mustaxkam o’rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi xam, uziga xosligi xam undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə