Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə123/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193
Falsafa

Fidoyilik. Ma’lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy meyorlarni buzmay yashashi mumkin. Rasmiy-huquqiy idoralar va tuzilmalar tomonidan bunday odam rasmona, jamiyat uchun xavf tug’dirmaydigan shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam axloqsiz bo’lishi, huquq bilan hisoblashgan holda ahloqni tan olmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u o’z mamlakatidagi jinoyat kodeksini tan olishi barobarida, qalbidagi vijdon qonunlari bilan hisoblashmaydi, jinoiy jazodan qo’rqadi-yu, vijdon azobini bilmaydi.
Fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayanlashadi; u ma’lum bir davrlarda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. Chunonchi, mustaqillikka erishganimizdan so’ng dastlabki paytlarda o’tish davriga xos bo’lganfidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining kuchayganini ko’rdik. Hozirga kelib esa, aksincha, asta-sekinlik bilan jamiyatimizda fidoyilik ustuvor tamoyil maqomini egallab bormoqda; birinchi Prezident Islom Karimovning fidoyilik tamoyili mohiyatini to’la anglatadigan “Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak!” degan so’zlarini axloqiy shoir qilib olgan jamiyatimiz a’zolarining ilg’or qismi tobora ko’payib bormoqda. Ana shu ko’payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz qurayotgan davlatning shakli-shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi.
Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushunch ma’nsida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keladi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsyrlari O’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hatotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intelektual – aqliy taraqqiyot bilan bog’liq. Shu bois uni inson paydo bo’ganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allomalaridan biri, buyuk almon faylasufi, “ Frankfurt maktabi” ning namoyondasi Teodor Adarno Ikkinchi jahon urushidagi genosiddan so’ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida murakkab va ko’pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik deganda oliy ma’lumotli kishiga xos bo’lgan fazilatni tushunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko’rishi va atrofdagilar tomonidan: “Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam – da“, degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo’lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidagi qat’iy nazar ham bilim, ham fahm – farosat, ham oliy maqsadlar egasi tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik sosida insonning ma’naviy – ma’rifiy yuksagligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan brlgilanadigan hatti – harakatlar yotadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə