Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə121/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193
Falsafa

Insonparvarlik. Axloqiy tamoyillarining eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – insonparvarlik. U insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro’pa uyg’onish mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi “namlulu” so’zi bundan 3-4 ming yillar avvalgi Qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.
Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqierkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero,erksiz insonasir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat-mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z millati, o’z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qoygan insonlar tamoyilidir.
Erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb bilgan insonlarning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo’lib qoladilar.
Vatanparvarlik. Eng ma’lum va mashhur tamoyil bu vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi ancha keng-u insonparvarlikning nisbatan muayayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatantoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidagi hatti-harakatlardir.
Vatan himoyasi, bu inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon bo’lishi mumkin. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg’u hissini tuyush, Vatan bilan g’ururlanish, uning har bir qarich eriga, binosining har bir g’ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko’z qorachig’idek asrab-avylash bular hammasi vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog’liq.
Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab etishga o’rgatish, vatanparvarlik-yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish axloqshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə