Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə117/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193
Falsafa

Muhabbat va nafrat axloqshunoslikda juft kategoriya (tushuncha) bo’lib hisoblanadi. Muhabbat bosh mezonbiy tushuncha bo’lib, barcha asosiy tushuncha va tamoyillarga ta‘sir qiladi.
Muhabbat me‘yorlar, an‘analar, qonunlarga buysunmaydi. Lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga o’lkan mas‘uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi.
Muhabbat – insonni tashqi va transtsendental olam bilan bog’laydigan, uni yolgizlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. Muhabbatning obe`kti go’zallikdir. Insonning ona tabiatga, yoriga, ota-onasiga, Vataniga bo’lgan muhabbatni Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zganio’ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi.
Muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. Haqiqiy muhabbat g’oyalari yoshlar tomonida doimiy axloqiy ideal tarzida qabul qilanadi: Farxod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek va Kumush va hokazolar. Demak, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin.
Muhabbat-oliy tuyg’u, shu ma‘noda u oliy tushuncha. Muhabbatning ziddi-nafrat bo’lib, u ham muhabbat singari keng qamrovli tushuncha emas.
Nafratning aksi muhabbat tarzda namoyon bo’ladi, obe`ktdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo qiladi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko’rinishdir . Nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U g’azabga o’xshab, o’z obe`ktini yo’hotishga intilmaydi, undan faqat yuz beradi. U muhabbatga zid holda noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli ko’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin.
Ko’rinishidan nafrat kishida yoqimsiz taassurot oygotsa-da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi mavjud bo’lib, u ijtimoiy hodisa emas, ko’p hollarda jinsiy munosabat bilan yonma-yon keladi. Muhabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish hissi me‘yordan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashkning mohiyati xudbinlikka borib taqaladi. Ba‘zi hollarda rashk fojiaga olib kelishi mumkin.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə