Muhandislik-texnologiya


-MAVZU: FALSAFA FANI PREDMETI, MAZMUNI VA



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə3/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Falsafa

1-MAVZU: FALSAFA FANI PREDMETI, MAZMUNI VA
JAMIYATDAGI ROLI.

Falsafa fanining predmeti va mazmuni, xamda ushbu fanning jamiyatdagi roli va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi borasida sо‘z yuritar ekanmiz avvalo biz birinchi navbatda “Falsafa” sо‘zining ma’nosi nima ekanligini anglab olgan xolda mazkur tushunchaning mazmun moxiyatini yoritib berishimiz, falsafa va falsafiy dunyoqarashning vujudga kelishi jarayonini insoniyat yaratilganidan beri mazkur tushuncha bilan chambarchas bog‘liqligini asoslab berishimiz xamda falsafa fanini fan sifatida shakllanishi mexanizmini ketma ket yoritib berishimiz lozim.


Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan mag’lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta’qib etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg’or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomondan, madaniy-intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o’zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan tarixiy burilish davrida «Falsafa nima o’zi?» degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etganlar.
Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida paydo bо‘lgan. Shu ma’noda falsafa yunoncha «filio» -sevaman, «sofiya»-donolik sо‘zlaridan olingan bо‘lib, donolik, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb qaraladi.
Falsafa tushunchasi keng qamrovli tushuncha xisoblanib u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yо‘qlik kabi kо‘plab tushunchalarni о‘zida mujassam etganligi bilan axamiyatlidir.
Falsafa inson tarbiyasi va undagi dunyoqarashni shakllantirishdagi rolini, insonning dunyoda tutgan о‘rnini aniqlab olishga yordamlashadi.
Hozirgi zamon falsafasi borliq, bilish, ilmiy bilish, qadriyatlar, ma’naviyat, inson, shaxs, erkinlik kabi masalalarni hal qilishda yangicha fikrlash va yangicha uslubga asoslanmoqda.
Eskicha yashash tamoyillari asoslari о‘zgarishi bilan hayotni yangicha fikrlash asosida tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu masalani hal qilishda falsafa fani asosiy о‘rinni egallaydi. Chunki jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida eskicha yashash asoslari о‘zgargandan sо‘ng falsafa endi qanday yashash kerak, insonlar qaysi yо‘ldan ketmoqda, ularning faoliyati nimaga qaratilishi lozim, odamlarning maqsadi, orzu – umidlari istaklarini qaysi yо‘l bilan amalga oshirish mumkin, yashashning maqsadi, ma’nosi, tamoyillari nimadan iborat, inson dunyoni nima maqsadda о‘rganadi, inson-dunyo, inson-jamiyat kabi masalalarni qanday biladi kabi savollarga javob qidiradi va shu asosda nazariy fikrlar tizimini ishlab chiqadi.
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so’zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
«Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan xilma-xil qarashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga kelgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida “donishmandlikni sevish” degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Masalan, “Ikkinchi Arastu”, “Ikkinchi muallim” deya e’tirof etilgan mutafakkir Abu Nasr Forobiy “filosofiya” sо‘zini “Hikmatni qadrlash” deb talqin etgan.
Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo’lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydilar.
Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston va Rim bilan bog’lash ham bu borada yetarli tasavvur bermaydi. Chunki ushbu hududning dastlabki faylasufi Fales ko’p yillar Osiyoda bilim olib qaytganidan so’ng falsafly fikrlarni alohida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani ma’lum. Alloma Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarashlari qadimgi yunonlarniki bilan o’xshash edi, degan fikri ham bejiz aytilmagan, albatta. Bu o’z navbatida, falsafiy dunyoqarashning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli umumiy hodisa ekanini isbotlaydi.
Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII—III asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy flkrning ifodasi, olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi sifatida shakllangan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu fan bilan ko’proq aslzodalar shug’ullangan, uning asosan ular uchun tushunarli bo’lgan muayyan tushunchalari va atamalari, o’ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan.
Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish, ko’r-ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qoyilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan.
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o’tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa endi yo’q bo’ldi, uni o’rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko’p bo’lgan. Lekin zamonlar o’tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda yashab o’tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab: «Ustoz, fanning boshqa sohalariga oid ilmlar juda ko’payib ketdi. Endi falsafani o’rganishning hojati bormikan?» — debdi. Shunda ulug’ faylasuf bamaylixotir gap boshlab: «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu fanni o’rganmaslik har qaysi nodonning ham qo’lidan keladigan ish bo’lib qoldi», — degan ekan.
Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o’zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu taxlitda qoyilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə