Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə90/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   193
Falsafa

Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bо‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «о‘qituvchi» va «о‘quvchi», «ijobiy qahramon» va «salbiy qahramon», «sabab» va «oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bо‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning qaysi turlarga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, aniq, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli О‘zbekiston davlat kutubxonasi» – yakka, tо‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
Tushuncha turlari
Mantiq fanida tushunchalar mazmuni va hajmi bо‘yicha bir qancha turlarga bо‘linadilar. Xususan, hajmiga kо‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars planetasi», «О‘zMU asosiy kutubxonasi» yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bо‘lishi mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va tо‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir.Tо‘plovchi tushuncha ham umumiy tushuncha bо‘lib,u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni tashkil etuvchi har bir predmetga taalluqli bо‘lmaydi. Masalan, “konferensiya” – tо‘plovchi, “konferensiya ishtirokchisi” – ayiruvchi.
Mazmuni bо‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga bо‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet о‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan, «inson», «tabiat» tushunchalari – konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «gо‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari – abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bо‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bо‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə