Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə91/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   193
Falsafa

Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bо‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «о‘qituvchi» va «о‘quvchi», «ijobiy qahramon» va «salbiy qahramon», «sabab» va «oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bо‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning qaysi turlarga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, aniq, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli О‘zbekiston davlat kutubxonasi» – yakka, tо‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
Tushunchalar о‘rtasidagi munosabatlar
Obyektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar о‘zaro aloqada bо‘lganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham о‘zaro munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bо‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bо‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «paxtakor» va «dehqon» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bо‘lgan, kо‘p hollarda moddiy yoki ideal bо‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bо‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «ideal gaz» va «gо‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar hisoblanadi. Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar о‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar о‘rganiladi.
Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bо‘ladi. Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, tо‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular о‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bо‘ysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bо‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan:
«SH.Mirziyoyev», «О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shunday munosabatda. Buni quyidagi tuzilmada kо‘rsatish mumkin:
A
AB
– SH.Mirziyoyev. .
B – О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. A.V
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:
A – sportchi.
B – talaba.

Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning о‘zida ham sportchi, ham talaba bо‘lganlarni bildiradi.


Bо‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga tо‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:

A
A – fan.

B
B – mantiq.
Bunday munosabatdagi tushunchalardan biri bо‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (B) bо‘ysunuvchi bо‘lib, ular jins-tur munosabatida bо‘ladi. “Jins” tushunchasi predmetlarning birorta sinfini, “tur” tushunchasi esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhi yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u biror tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy xarakterga ega. Har bir tushuncha о‘zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, “milliy g‘oya”, “g‘oya”, “fikr” tushunchalari о‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «g‘oya» tushunchasi «fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bо‘ladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə