Reja: Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari



Yüklə 44,03 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü44,03 Kb.
#164430
Reja Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari

Xotira haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi.


Xotira turlari va uning jarayonlari
Reja:
1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
2. Xotiraning psixologik nazariyalari.
3 Xotira jarayonlari va turlari.
4. Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar.

Kirish
Hotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki hotirlash jarayonidir. Professor E. Qoziev tomonidan hotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. «Hotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ihtiyoriy va ihtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mehanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psihik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik faoliyatdir» .


SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I. M. Sechenov). S. L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi»Hotiraning nerv fiziologik asosini assotsiatsiyalar tashkil qiladi.
Assotsiatsiya bizning hotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o'zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. . «Muvaqqat nerv bog’lanishlari – deb yozadi I. P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o'zimizda ham bo'ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psihik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo'lmasa harflar, so'zlar va fikrlar o'rtasida paydo bo'ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psihologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar» . O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar.
Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi. Inson hotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi: Yondoshlik assotsiatsiyasi- bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo'ladi O'hshashlik assotsiatsiyasi- hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o'rtasida ma'lum o'hshashlikka aytiladi
Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi- hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o`rtasida qarama -qarshi belgilar va hususiyatlar bo’ganga aytiladiA. V. Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» darsligida
quyidagicha klassifikatsiya uchraydi: Faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psihik faollikning hususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so`z mantiq hotira. Faoliyatning maqsadlariga ko'ra: ihtiyorsiz va ihtiyoriy hotira. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ hotira M. G. Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida quyidagi hotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi: Psihik faolligiga ko'ra: ihtiyoriy va ihtiyorsiz hotira. Faoliyat maqsadiga ko'ra: harakat, emotsional, obraz va so'z-mantiq hotirasi. Muddatiga ko'ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ hotira. E. G`oziev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida hotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan. 1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko'ra: a) Harakat yoki motor harakat hotirasi; b) obrazli hotira; v)His –tuyg’u yoki hissiyot hotirasi; g) so'z-mantiq hotira. 2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ihtiyorsiz; b) ihtiyoriy; v) mehanik. 3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko'ra: a) Qisqa muddatli hotira; b) uzoq muddatli hotira; v) operativ (tezkor) hotira. 4. Ruhiy faoliyat qo`zg’atuvchisining sifatiga ko'ra: a) musiqiy; b) eshitish hotirasi; 5. Ruhiy faoliyatning inson yo'nalishiga qarab: a) fenomenal; b) kasbiy. Harakat hotirasi– inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. His- tuyg`u yoki hissiyot hotirasi–bu hotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning hususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo habar berib turish imkoniyatiga ega.
Obrazli hotira – yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning hususiyatlari va bog`lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat hotira turiga aytiladi.
So'z-mantiq hotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda hulosa chiqarishlar tashkil etadi. Ihtiyoriy hotira deganda ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat hotira jarayoni tushuniladi. Ihtiyorsiz hotiraning turmushda va faoliyatda katta o'rin egallashini har kim o'z shaxsiy tajribasidan biladi. Qisqa muddatli hotira qisqa muddatga esda qoldirilishini ta`minlaydigan hotira turi Operativ hotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun hizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holatga aytiladi.
Hotira jarayonlari quyidagilardan iborat: Esda olib qolish Esga tushirish Esda saqlash UnutishEsda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po'stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po'stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o'zining faolligi jihatidan ikkiga bo'linadi: a) ihtiyorsiz esda qoldirish- oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. b) ihtiyoriy esda qoldirish- oldindan maqsad qo'yib mavzu belgilanadi. Ihtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: q maqsad qo`yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad; o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish; q esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo'li bilan esda qolPsihologiya fanida esda olib quyidagi turlari mavjud: Ma'lumot, habar, taassurot, ahborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish Egallash yoki o'zlashtirish zarur bo'lgan materiallarni ko'rib idrok qilish Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko'rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirishEsda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni hotirada saqlanish hususiyati tushuniladi. Esga tushirish -o'tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga aytiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog`lanishlarning qo'zg’alishidir. Tanish- ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir Eslash- narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Bevosita eslash- tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Vaqt o'tkazib eslash- esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o'tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o'tgandek bo'ladi. Ihtiyorsiz esga tushirish -o'z oldiga biror bir maqsadni qo'yamasdan iroda kuchini sarf qilmasdan esga tushirishdir. Ihtiyoriy esga tushirish-shahs o'z oliga biror bir maqsadni qo'yib, iroda kuchini sarflagan holda esgaEsda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi Reministsenciya hodisasi (hira esga keltirish)-unutilgan narsalarni yana hotirada qaytadan tiklanishi deyiladidirish. Esda olib ? olish va unutish tezligiga ko'ra hotiraning quyidagi tiplari mavjud: 1) tez esda qoldirish, sekin unutish; 2) tez esda qoldirish, tez unutish; 3) sekin esda qoldirish, sekin unutish; 4) sekin esda qoldirish, tez unutish.
Hotira tasavvurlari -ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga aytiladi. Hotiraning psihologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo'lgan hotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi va uning quyidagi turlari mavjud: Birinchisi Assotsiativ nazariyadir. Ikkinchi psihologik nazariya hotiraning Geshtalt nazariyasidir. Uchinchisi Biheviorizm nazariyasi – inson hotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi. To'rinchisi Freydizm hotirani emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi. Beshinchisi Mantiqiy nazariya A. Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular hotiradagi materialni hotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog`laydi. Oltinchisi Faoliyat nazariyasi A. N. Leontev, N. I. Zinchenko, A. A. Smirnovlar tomonidan ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.
Hotiraning psihologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo'lgan hotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi va uning quyidagi turlari mavjud: Birinchisi Assotsiativ nazariyadir. Ikkinchi psihologik nazariya hotiraning Geshtalt nazariyasidir. Uchinchisi Biheviorizm nazariyasi – inson hotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi. To'rinchisi Freydizm hotirani emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi. Beshinchisi Mantiqiy nazariya A. Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular hotiradagi materialni hotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog`laydi. Oltinchisi Faoliyat nazariyasi A. N. Leontev, N. I. Zinchenko, A. A. Smirnovlar tomonidan ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.
Kasbiy psixologiya yosh avlodni tarbiyalash, ularni o„qitish va ma‟lumotli qilishning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o„rganuvchi fandir. Mazkur tushunchalarning mazmuni, mohiyati, funksiyalari haqida ma‟lumot beruvchi “Kasbiy psixologiya” fani bo„lajak qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha egalarini o`z kasbiga ilmiy-nazariy tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, har bir mavzuning oxirida o„z bilimini tekshirish maqsadida nazorat savollari va amaliy ishlar topshiriqlari berilganki, ular talabalarning bo`lajak qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasida o„zlashtirgan nazariy bilimlarini amalda qo„llash, ko„nikma, malakalarini shakllantirishga katta yordam beradi. Ushbu darslik shaxsning kasbiy psixologiyaga oid asosiy tushunchalarni, “Kasbiy psixologiya” fani taraqqiyotining asosiy bosqichlari, va metodlari, vazifalari, shaxs haqida tushuncha, kasbiy faoliyatning psixologik tahlili, muloqot, psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, fanning tarmoqlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, boshqaruv va mehnat psixologiyasi haqidagi masalalarni qamrab oladi. 5 Ushbu darslikdan olingan bilim, ko„nikma va malakalar bo„lajak mutaxassislarda kasbiy muloqotni amalga oshirish, o„z ustida ishlash, kasbiy malaka va ko„nikmalarni shakllantirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Ushbu darslikning maqsadi - qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo`nalishi talabalariga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish, shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo„naltirish yuzasidan nazariy, amaliy malumotlar manbaini berishdir. Darslikning vazifasi – fanning vujudga kelishi, turli nazariyalar, metodlar, kasblar, qurilish sohasiga oid kasblar va ularning klassifikatsiyasi, quruvchi shaxsida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar muloqot psixologiyasi, quruvchida kompetentlik masalalari, boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha berishdir. Darslikni o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - kasbiy psixologiya fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbiy psixologiya fanining tarixi va rivojlanish bosqichlari, rahbarlik psixologiyasi, kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari, kasblar va ularning klassifikatsiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish, qobiliyatlar va shaxsning kasbiy shakllanishini bilishi; - kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy o„z-o„zini anglashning shakllanishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi, kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari, ish joyi, mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar bo„yicha ko„nikmalariga ega bo„ladi; - kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarning shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash, hamda kasbga yo„naltirishga doir malakalariga ega bo„ladi.
Psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‟zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‟ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‟ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma‟naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli yaratuvchi murakkab jarayon bo‟lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‟unligining mahsuli hisoblanadi. Xo‟sh, psixika nima? Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‟zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‟z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir. Psixikada o‟tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan faoliyat va xattiharakatlarni boshqarishdir1 . Uning namoyon bo‟lish shakllari va ularning o‟zaro bog‟liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‟tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‟nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‟uliyat) da kuzatiladi. Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, 1 Qarang: G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. - 25-b. 12 shuningdek, insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining hilma-hil ko‟rinishlarini o‟rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha «psixologos» so‟zidan olingan bo‟lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‟rniga «psixika» atamasini qo‟llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‟noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‟noga, ko‟lamga ega bo‟lib, inson ruhiyatining ham ko‟zga ko‟rinuvchi, ham ko‟zga ko‟rinmas tomonlarini o‟zida aks ettiradi. Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‟ziga tortadigan moddiy va ma‟naviy borliq. Predmet - moddiy va ma‟naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‟rganiladigan masalalar). Kasbiy psixologiya fani ham ma‟lum bir psixologik qonuniyatlarni o‟rganadi va ularni amalda qo‟llash bo‟yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Psixologik qonuniyat u, yoki bu, ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‟liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri ma‟lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bo‟lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko‟ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko‟rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo‟l qo‟ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o‟rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar umumiy va jo`z‟iy bo‟lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga yoki ko‟pchilikka aloqador bo‟lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‟zg‟atuvchining kuchiga nisbatan 13 (o‟rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‟sib boradi. Juz‟iy qonuniyatlar ba‟zi yoshdagi kasb egalari va ba‟zi toifadagi shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o‟smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‟smirlarga xos bo‟lgan jo`z‟iy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‟ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo‟lishidan qat‟iy nazar, ko‟pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‟zi asosiy bosqichlarga ham bo‟lish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Masalaning qo‟yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‟lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda qanchalik o‟rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni o‟rganishdan boshlanadi. 2. Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko‟p jihatdan metodni tanlashga bog‟liq bo‟ladi. 3. Aniq ma‟lumotlarni to‟plash. Ma‟lumotlar, I. P. Pavlov ta‟biri bilan aytganda, olim uchun go‟yo havodek zarur narsadir. To‟plangan ma‟lumotlar o‟rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma‟lumotlarga bo‟lgan asosiy talab - ularning to‟liq va izchil bo‟lishidir. To‟plangan ma‟lumotlar o‟rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 4. Aniq ma‟lumotlarni ishlash. To‟plangan ma‟lumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to‟plangan materiallarning o‟rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid ma‟lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma ko‟rinishlarida aks ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma‟lumotlarni aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qo‟llanadi. 14 5.Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va mas‟uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma‟lumotlarning mohiyatini chuqur tushunish, ularning o‟zaro bog‟liqlikni hisobga olish kerak bo‟ladi, binobarin, bitta ma‟lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‟pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xususiyatga ega bo‟lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‟ladi. 6.Qonuniyatni amalda qo‟llash. Aniqlangan qonuniyat ma‟lum bir amaliyot sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so‟roq qilish psixologiyasini o‟rganishdan to‟plangan tajriba keyingi tergov jarayoni uchun kerak bo‟ladi. Ko‟pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo‟lsa ham, har holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo‟lmaydi, boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi. Kasbiy psixologiya fani o‟rganishi kerak bo‟lgan qonuniyatlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 1) shaxs va mexnat faoliyati bilan bevosita bog‟liq bo‟lgan psixik qonuniyatlar; 2) soha egasining psixikasini o‟rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar; 3) kasb egalariga har hil sabablar bilan murojaat qiladigan fuqarolarning psixologiyasini o‟rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar. Hozirgi kunda o‟zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Xo‟sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima? Kasbiy psixologiyaning o‟ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday usulda o‟tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab etadi. Masalan: subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning yetakchilik roli, psixik hodisalarning o‟ziga xos bog‟liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o‟rganishda obyektivlik prinsipi, nazariya bilan amaliyotning bog‟liqligi prinsipi. Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi psixika 15 moddiy bo‟lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shaxsni o‟rganishda biz psixik faoliyatning ko‟plab tashqi ko‟rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari: - og‟zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‟zi (shaxsiy hisobot ma‟lumotlari) haqidagi mulohazalari g‟oyat muhim hisoblanadi. Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida xulosaga kelish mumkin; - shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‟z qo‟llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar aniqroq ma‟lumot beradi; - psixik faoliyatning tashqi ko‟rinish va tanada namoyon bo‟lishi. Bu ko‟z qarashining ma‟nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon aylanishining o‟zgarishi, miya elektr faolligining o‟zgarishi va hokazo. Shuni ham ta‟kidlab o‟tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi namoyon bo‟lishigina emas, balki psixikaning o‟zi tashqi namoyon bo‟lishiga qarab ham o‟zgaradi. Masalan, soha egasi ishida xatoga yo‟l qo‟ydi. Ushbu faktni aniqlashdan avval xatoning sabablarini bilish lozim. Psixikani tashqi namoyon bo‟lish shakli orqali o‟rganish vositali bilish deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‟rganishning asosiy metodi sifatida o‟z-o‟zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib kelingan. Biz o‟z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‟zo‟zini kuzatish metodi o‟ta qulay tuyo`ladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o‟z-o‟zini kuzatish ko‟pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‟g‟ri ko‟rsatadi. Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o‟rin tutishi prinsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‟ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim holda o‟rganish mumkin emas. Psixik hodisalarning o‟zaro bog‟liqlik prinsipi bizning ichki dunyomiz yagona, bir butun ekanligidan, ma‟lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan 16 shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‟rganishning o‟zi asosiy maqsad bo‟lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta‟sirini hisobga olish lozim bo‟ladi. Psixik faoliyatni o‟rganishda obyektivlik prinsipi boshqa tekshiruvchilar qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o‟rganishni, real holatni ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo‟l qo‟ymaslikni talab qiladi. Nazariya bilan amaliyotning bog‟liqligi prinsipi nazariya amaliyot uchun asos ekanligini, u o‟z qobig‟iga o‟ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi yo‟nalishlar ko‟rsatishni anglatadi. Kasbiy psixologiya fanining bu prinsiplari birgalikda qo‟llaniladi va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi. Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‟rganishga imkon beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. Psixoanaliz jinoiy xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‟llaniladi.
Xulosa
Biohimik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o'zgarishlarni qayd qilish va hotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga qaratilgandir. DNK hotirani genetik tug`ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual hotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya bo'yicha hotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir.
Hotira jarayonlarining navbatdagi nazariyasi neyro-fiziologik nazariyadir. Vaqt oralig’ida esda olib qolish, saqlash va esga tushirish hotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi.
Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular hotiradagi materialni hotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog`laydi. Oltinchisi Faoliyat nazariyasi A. N. Leontev, N. I. Zinchenko, A. A. Smirnovlar tomonidan ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.
Foydalanilgan adabyotlar
1. Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. Uchebnik.- M.: Aspekt Press, 
1999.-376 s. 
2. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob. 
3. G‘oziev E.G. Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T-2002 
4. G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet, 
2002.- 96 b. 
6. Karimova V.M. va boshk. Mustaqil fikrlash. - T.: SHark.-2000.- 112 b. 
7. Karimova V.M., Sunnatova R. «Mustaqil fikrlash» o‘quv qo‘llanmasi 
bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish uslubiyoti.-T.: SHark, 2000.- 16 b. 
8. Mayers D. Sotsialnaya psixologiya perev. S angl.-SPb.: «Piter»,1999 - 
688 s. 
https://ilmiy.bmti.uz
https://ilmiy.bmti.uz
https://uz.denemetr.com
Yüklə 44,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə