Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning



Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 
Ma’ruza rejasi: 
1.
Grammatik tushunchalarning mohiyati.Ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar 
2.
Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni 
3.
Grammatik tushunchalarning samarali o‘zlashishini ta’minlaydigan 
metodik shartlar 
4.
Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar 
Tayanch atamalar: 
grammatika, so‘z yasalishi,so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema
 
Boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “olmosh” tushunchalarini; 
siktaksisdan “gap”, “ega”,“kesim”, “ikkinchi darajali bo‘lak”, “uyushiq bo‘lak”, “undalma” kabi 
tushunchalarni; so‘z yasalishidan “asos”, “qo‘shimcha”, “asosdosh so‘zlar” kabi tushunchalarni 
shakllantirish ustida ish olib boriladi. 
O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o‘quvchilar aqliy faoliyatini 
to‘g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, 
tushunchani o‘zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo‘lishini ko‘z oldiga aniq keltirishi lozim. 
Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar 
Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o‘zaro aloqadorligi aks 
ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko‘rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari 
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning 
mazmun tomoni grammatik tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til 
kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni 
shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq 
hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z 
birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va 
umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan 
grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki materialning o‘zi etarli darajada mavhumdir. Demak, 
grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. 
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik 
bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada 
rivojlangan bo‘lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni 
talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar 
yig‘indisini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ko‘pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari 
natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‘quvchilarda tu-
shunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada 
o‘sganligiga bog‘liq. 
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o‘quvchilar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim 
grammatik belgilariga ko‘ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda 
qiynaladilar va xatoga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, fe’l o‘rganilganda o‘quvchilar fe’l predmetning 
harakatini bildirishini bilib oladilar. 
Yurmoq, o‘qimoq, olmoq 
kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik 
ma’noga mos keladi. Ko‘p fe’llarda bunday moslik bo‘lmaydi. Grammatikada predmet harakati 
deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet 
belgisining o‘zgarishi kabilar ham tushuniladi: 
uxlamoq, o‘ylamoq, sevmoq, o‘smoq, ko‘karmoq 
va 
hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni 
o‘rgana boshlagan o‘quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko‘proq yurish, siljish ma’nosida aniq 
tasavvur qiladilar. Shuning uchun fe’lni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida 
yotmoq, kasallanmoq, 
turmoq, qizarmoq 
kabi so‘zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani 
otni o‘rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o‘quvchilar 
tinchlik, qahramonlik, qadam 
kabi 
so‘zlarni 
ot 
turkumiga 
kiritmaydilar. 
Tushunchani 
shakllantirish 
uchun 
o‘quvchilarda 
mavhumlashtirish ko‘nikmasini o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma’nosidan grammatik 
ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so‘zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, 


ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m a? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan 
barcha so‘zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko‘plikda kelish), egalik 
qo‘shimchalari bilan o‘zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so‘zlar uchun umumiy grammatik belgilar 
hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator 
metodik talablarga rioya qilinadi. 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə