Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni 
Grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar 
uchun ancha murakkab jarayondir. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid 
ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish 
jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy o‘sishi bir-birini 
taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o‘rnini asos qilib oladi. 
Grammatiktushunchalarda til hodisalariningmuhim belgilari umumlashtiriladi. Tushunchani 
o‘zlashtirish ustida ishlash jarayonida o‘rganiladigan tushunchaning muhim belgilarini ajratpsh 
maqsadida muayyan til materiali analiz qilinadi. Masalan, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha uchun 
quyidagi ikki muhim belgi xarakterli:
1) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha – so‘zning o‘zgaradigan qismi;
2) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya’ni gapda so‘zlarni bog‘lash uchun 
xizmat qiladi.
Tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarda o‘qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim 
belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko‘ra, shu sinf o‘quvchilarini tushunchaning qanday belgilari 
bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija beradigan leksik materiallarni, metodik usul va 
vositalarni belgilab oladi. 
Til materialini analiz qilish jarayonida o‘rganiladigan tushunchaning muhim belgilari ajratiladi 
(tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi)
, so‘ng belgilar o‘rtasidagi bog‘lanish topiladi, bir 
tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o‘zaro munosabati aniqlanadi, atama beriladi 
(tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi)
. O‘quvchilar o‘rganilgan tushuncha mohiyatini 
anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta’rifini aniq ifodalash ustida 
ishlanadi 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə