Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


Grammatik tushunchalarning samarali o‘zlashishini ta’minlaydigan



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

Grammatik tushunchalarning samarali o‘zlashishini ta’minlaydigan 
metodik shartlar 
I. O‘quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish.
Bilimni o‘zlashtirishning natijasi ma’lum 
darajada o‘qitish metodlariga bog‘liqdir. Bayon metodi asosan o‘quvchilarning eslab qolishiga 
mo‘ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani 
bermaydi. Maktab tajribasini ommalashtirish va olimlar (L. V. Zankov, Yu. N. Babanskiy, V. P. 
Strezikozin va boshq.)ning maxsus tekshirishlari ko‘rsatishicha, izlanish metodlari (boshlang‘ich 
sinflarda qisman izlanish metodi) ko‘proq samarali hisoblanadi. Grammatik tushunchani 
shakllantirishda izlanish vaziyati o‘qituvchi bergan vazifa va uni jamoa bo‘lib bajarish vaqtida 
yaratiladi. Izlanish vaziyati o‘quvchilarni yangilikni bilishga qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini 
mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi. Masalan, o‘quvchilarni so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan 
tanishtirishda o‘qituvchi xattaxtaga 
gul 
– 
gulchi, g‘alla – g‘allakor, traktor – traktorchi 
kabi so‘zlarni 
ikki ustun tarzida yozadi. O‘quvchilarga 
“Ikki ustun shaklida yozilgan so‘zlarni kuzating
ma’nolaridagi farqini o‘ylab ko‘ring, shu so‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan qismini 
toping”
topshirig‘i beriladi. Birgalikda o‘tkazilgan muhokamadan so‘ng o‘quvchilar quyidagicha 
xulosaga keladilar:
– 
“Gul”
so‘zi o‘simlikning bir turini, 
“gulchi”
esa gullarni parvarish qiluvchi kishi ma’nosini 
bildiradi; 
“g‘alla”
– o‘simlik, 
“g‘allakor”
– g‘alla etishtiruvchi kishi; 
“traktor”
so‘zi qishloq xo‘jalik 
mashinasini, 
“traktorchi”
esa traktorda ishlovchi kishi ma’nosini bildiradi. So‘zning -
chi, -kor
qismi 
ikki so‘zning ma’nosini farqlashga xizmat qiladi; 
-chi, -kor
alohida kelganda ma’no anglatmaydi, bular 
qo‘shimcha; so‘zga qo‘shilganda ishlovchi, shug‘ullanuvchi kishi ma’nosini anglatyapti, ya’ni yangi 
ma’noli so‘z hosil bo‘lyapti; demak, 
-chi, -kor
so‘z yasovchi qo‘shimcha. 
Muammoli vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham yaratish mumkin. 
Masalan, o‘qituvchi 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə