yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko‘rilgan film, shu darsda ko‘rsatilgan diafilmning biror qismi, o‘qilgan
hikoya, rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan
kerakli so‘z (fe’l)ni jamoa bo‘lib topish imkonini beradigan vaziyat yaratish muhimdir. Masalan,
mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o‘zgarishlarni kuzatadilar.
O‘qituvchi: – Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
O‘quvchilar: – Kunlar isiydi.
– O‘tlar ko‘karadi.
– Daraxtlar kurtak chiqaradi.
–Bodom gullaydi.
–Dastlab shaftoli, o‘riklar gullaydi.
– Olma keyinroq gullaydi.
O‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar.
O‘qituvchi: – Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so‘zlardan foydalandingiz?
Ularning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizing (O‘quvchilar vazifani bajaradilar).
– Harakatni bildirgan so‘zlarga so‘roq bering va taqqoslang (O‘quvchilar
nima qildi? nima
qilyapti? nima qiladi?
so‘roqlarini beradilar).
– Endi darslikda fe’l haqida nima deyilganini o‘qing.
– Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar qanday ataladi, ular qanday so‘roqlarga javob
bo‘ladi?
–
Bodom gulladi. Olma gullaydi
gaplarini gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil qiling (O‘quvchilar
eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadilar)
–
Gulladi, gullaydi
fe’llari gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelgan? (Kesim.)
– Endi fe’l haqida nimalarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting (umumlashtiring):
1. Fe’l nima?
(So‘z)
2. Nimani bildiradi?
(Shaxs va narsaning harakatini)
3. Qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
(Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi?)
4. Qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi?
(Kesim)
– Kitobdagi qoidada rejaning qaysilariga javob berilgan? Rejani o‘qing va unga javob bering.
O‘quvchilar kitobdagi va qo‘shimcha mashqlarni ishlaydilar.
– Fe’ldan boshqa yana qanday so‘z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son, olmosh)
– So‘zlarni taqqoslang:
gul, gulli, gulladi.
So‘z turkumlari (ot, sifat, fe’l) bir-biridan qanday
farqlanadi? (O‘quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar).
O‘quvchilar mustaqil bir necha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fe’llarning tagiga chizadilar.
Bu dars fragmentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to‘rt
bosqichi qisqa
shaklda o‘z aksini topgan. Biroq bu darsda o‘quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni
o‘zlashtirish uchun esa dasturda mavzuni o‘rganishga ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini
bajarish lozim. Mavzuni o‘rganish jarayonida “Fe’l” tushunchasi chuqurlashadi va kengayadi,
o‘quvchilar fe’lning yangi belgilarini o‘rganadilar (fe’llarda bo‘lishli va bo‘lishsizlik, ularning shaxs-
son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, fe’l zamonlari). O‘quvchilarda fe’llarni
shaxs-son, zamon,
bo‘lishsizlik qo‘shimchalari bilan o‘zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos fe’l shakllaridan
nutqda to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Tushunchani shakllantirish jarayonida so‘zning leksik ma’nosi, uning gap tarkibida boshqa
so‘zlar bilan birga kelgandagi ma’nosi asta-sekin aniqlanib, oydinlashtirilib boriladi, og‘zaki va yozma
nutqda so‘zni uslubiy to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmasi orta boradi. Buning uchun o‘quvchilar so‘zning ko‘p
ma’noliligi, o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi, sinonim va antonim so‘zlar
bilan elementar
tanishtiriladi.
O‘rganilgan grammatik belgilarni amalga keng tatbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa
maqsadida bevosita foydalanish uchun grammatik tushunchani shakllantirishda o‘quvchilarda
mavhumlashtirishni va so‘zlar uchun xarakterli bo‘lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni
o‘stirish zarur, shuningdek, ular so‘zning leksik ma’nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. Bular
o‘quvchilarning nutqini o‘stirish mohiyatini aks ettiradi, yani o‘quvchilar nutqda so‘zlardan amaliy
foydalanishga, so‘zning leksik ma’nosini tor tushunishdan chuqurroq tushunishga o‘tadilar, so‘zning