Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar 
Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsadfikrni og‘zaki va yozma tarzda grammatik 
to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni 
amalda qo‘llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‘rgatib borish talab etiladi. 
Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq 
turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan 
holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro 
bog‘lanishiga asoslangan. 
Mashq turlari. 
Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning 
har xil turi hosil bo‘ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki 
katta guruhga bo‘linadi: 
1) 
morfologik mashqlar
(bunga leksik-morfologik mashqlar hamkiradi); 
2) s
intaktik mashqlar
.
Agar o‘quvchilar faoliyatiningxarakteri, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy 
omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar 
analitik, sintetik, taqqoslashga,guruhlashga, 
umumlashtirishga oid
mashqlarga bo‘linadi.
 
Mashqning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchunyuqoridagi ikki asos hisobga 
olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo‘laklarini 
ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko‘ra s
intaktik mashq
, faoliyat xarakteriga 
ko‘ra s
intetik-analitik mashq
hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam ko‘llaniladi, shuning 
uchun ham vazifaning etakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, matnga mazmunga mos otni qo‘yish, 
qaysi kelishik ekanini ko‘rsatish talab etilsa, bu 
leksik-morfologik mashq
dir. O‘quvchi otning qaysi 
kelishikda ekanini aniqlash uchun u bog‘langan so‘z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so‘z birikmasini 
ajratishi) talab etiladi, shunga ko‘ra bu mashq s
intaktik mashq
hisoblanadi. 
Grammatiktahlil 
analitikmashq
qa kiradi. Grammatik tahlil so‘z turkumiga ko‘ra (morfologik) 
tahlilni,gap bo‘laklariga ko‘ra (sintaktik) tahlilni o‘z ichiga oladi. 
Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil o‘quvchilar o‘zlashtirgan sintaktik bilimlarning me’yoriga qarab 
chuqurlashib boradi. 
Amaldagi dasturga ko‘ra, I sinf o‘quvchilari “ega” va “kesim” atamalaridan foydalanmaydilar, 
ammo ular gapniig bosh bo‘laklarini amaliy ravishda topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar, ya’ni gap 
kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan 
so‘z(kesim)ni topadilar. Masalan, 
Bolalar olmalarni terdilar 
gapini tahlil qilishda o‘quvchilar 
quyidagicha fikr yuritadilar: “Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? – 
bolalar 
(so‘zning tagiga bitta 
to‘g‘ri chiziq chizadilar). 
Bolalar 
– nima qildilar? – 
terdilar 
(so‘zning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq 
chizadilar). 
Bolalar terdilar –
gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) – 
olmalarni
”. 


II sinfda I sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, II sinf 
o‘quvchisi 
“Chiroyli gullar adirlarni bezadi” 
gapini quyidagicha tahlil qiladi: “Gap gullar haqida 
aytilgan. Nimalar? – 
gullar 
– ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? 
Ochildi 
– 
nima qildi? – kesim (tagiga ikkito‘g‘ri chiziq chizadi). Qaerlarni? (bezadi) –
adirlarni
ikkinchi 
darajali bo‘lak, gapni to‘ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) –
chiroyli
(gullar) 
ikkinchi darajali bo‘lak, egani izohlayapti. 
Gullar bezadi
– gapning asosi. 
Chiroyli gullar 
va
adirlarni 
bezadi 
– so‘z birikmasi”. 
III-IV sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‘zgarmaydi, ammo so‘z birikmasini ajratishga 
ahamiyat beriladi. 
Morfologik tahlilning mohiyati so‘zning qaysi so‘z turkumi ekani, gapda qanday grammatik 
shaklda kelganida ifodalanadi. 
To‘liq morfologik tahlilda o‘quvchi so‘z turkumining o‘zi o‘rgangan belgilarini aytadi. Masalan,
1-sinf o‘quvchisi shu so‘z qanday savolga javob bo‘lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki 
narsa, narsa belgisi, harakati). 
III sinfda so‘z turkumlari o‘tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə