Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


V. Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

V. Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish. 
Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida 
ko‘rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning 
boshlang‘ich bosqichida ko‘rgazmalilikdan o‘rganiladigan hodisannngbelgilarininutqda aniq 
ko‘rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko‘rgazmali 
vositalarning o‘ziga xos xususiyati o‘rganiladigan ob’ekt hisoblangan so‘z, so‘z birikmasi, gap, gap 
bo‘lagi va boshqalarga mos bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror 
predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o‘zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida 
so‘z va gaplarda o‘rganilayotgan hodisa aniq va lo‘nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik 
xususiyati 
ravshan 
ko‘rsatilgan 
bo‘lishi 
kerak. 
Bu 
ichki 
ko‘rgazmaliliko‘quvchilarga 
tushunchabelgilarinimavhumlashtirish, o‘rganilayotgan hodisani biror tomondan o‘xshashi bo‘lgan 
boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan, asosdosh so‘zlarni o‘rganishda tarkibida 
bir necha asosdosh so‘zbo‘lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. 
Maktabimiz hovlisida 
katta 
gulzor
bor. Unga har xil 
gul
ekilgan. 
Gullarnigulchi
o‘quvchilar parvarish qiladilar. 
2. 
Rahimning otasi zavodda 
ishlaydi
. U ilg‘or 
ishchi
. Rahimningo‘zi –
ishchan
bola. 
Bu ikki matnda 
uchtadanasosdosh so‘z bo‘lib, ularning ikki muhimbelgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va 
ma’nolaridagi o‘xshashlik)ni hisobga olgan holda, asosdosh so‘zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni 
tug‘iladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida asosdosh so‘zni shu so‘zlarning bir 
shakli bo‘lgan so‘z
(gullarni) 
bilan taqqoslab, asosdosh so‘zlar bilan so‘z shakli o‘rtasidagi farq haqida 
elementar tushunchaga ega bo‘ladilar. 
Tushunchaningmohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o‘zi o‘quvchilarni ularni bajarishga 
undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko‘rgazmaliligi ta’minlanadi. Masalan, gapnnng 
uyushiq bo‘laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini 
berish maqsadga muvofiq. Masalan, 
Bahorda biz qaldirg‘ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz 
maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug‘urchuqlarni quvonib kutib olamiz. – Bahorda biz 
qaldirg‘ochlarni, maynalarni, chug‘urchuqlarni quvonib kutib olamiz. 
Gaplar gap bo‘laklari jihatidan 
tahlil qilinadi; o‘quvchilar uchala gapda takrorlangan so‘zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch 
gap o‘rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap 
tuzadilar, uni gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan 
o‘quvchilar ko‘rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo‘lak bog‘lanishi 
va ular bir xil so‘roqqa (nimalarni?) javob bo‘lishi mumkin; bir bo‘lakka qarashli va bir xil so‘roqqa 
javob bo‘lgan bunday so‘zlar 
gapning uyushiq bo‘laklari
deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda 
foydalanilgan ko‘rgazmalilik o‘rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni 
ko‘rgazmalilikdan tushunchani ta’riflashdan oldin foydalanilgan. 
Darsda foydalanish uchun ko‘rgazma material tanlashda o‘qituvchi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra 
o‘quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko‘z oldiga keltirishi kerak. Bir ko‘rgazma materialdan turli 
maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so‘zning leksik ma’nosini 
tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilarni 


sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o‘qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning 
belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O‘quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o‘z 
nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. O‘qituvchi 
“Predmetni tasvirlashda siz qaysi 
so‘zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?”
kabi savollar berib, bolalar diqqatini o‘rganiladigan 
grammatik tushunchaning (bu o‘rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O‘quvchilar predmetni tasvirlash 
uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. 
Bu misolda ko‘rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida 
foydalaniladi va o‘quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o‘tadilar. 
Tushunchanishakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu 
ko‘rgazmalardan ko‘proq tushuncha belgilariajratilgandan so‘ngmavhumlashgan belgilarni 
umumlashtirish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
Shunday qilib, grammatik tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar 
o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish
o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o‘quvchilarda til birliklariga 
lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə