Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


“Hayvonlarga qo‘yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi”



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

“Hayvonlarga qo‘yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi”
mavzusini 
tushuntirish uchun o‘quvchilarga 
“Kim qanday uy hayvonlarini boqadi? Ularga o‘zingiz nom 
qo‘yganmisiz? Qanday nom qo‘ygansiz?”
kabi savollarni beradi. O‘quvchilar tartib bilan o‘zlari 
boqayotgan hayvonlari va unga qo‘ygan nomlarini aytadilar 
(mushuk – Mosh, kuchuk – Olapar, sigir 
– Targ‘il, ot – Lochin kabi)
; o‘qituvchi ikki ustun shaklida xattaxtaga yozib boradi. O‘qituvchi 
«Ikki 
ustun shaklida yozilgan so‘zlarni o‘qing, ularni taqqoslang. Ularning yozilishida qanday farq bor? 
Nima uchun? Isbotlang»
topshirig‘ini beradi. Bu savol-topshiriqlar xarakteri bolalarni o‘ylashga, 
izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so‘zlar kichik harf bilan, ikkinchi ustundagilar esa 
katta (bosh) harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga 
ularning bilimlari etishmaydi. Shunday qilib, muammoli vaziyat yaratiladi. O‘quvchilar yangi 
materialni o‘rganish zarurligini sezadilar. Bu metodda eng muhim jihat muammoli vaziyat yaratish
til hodisalarini tahlil qilish, o‘zaro taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini 
faollashtirish hisoblanadi. Suhbat-muhokama jarayonida muammoni o‘qituvchi rahbarligida 
o‘quvchilarning o‘zlari halqilishlari yoki o‘qituvchi tomonidan hal qilinishi ham mumkin. 
Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol aqliy faoliyatni talab 
qiladi. 
II. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish ustida maqsadga 
yo‘naltirilgan ishlar. 
O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni 
o‘zlashtirish, mavhum tafakkurni o‘stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning semantik hamda 
grammatik tomonining bir-biriga ta’sirini anglashni bildiradi. 
O‘quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo‘lgan so‘z, morfema, so‘z 
birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o‘zlashtiradilar. 
So‘zga lingvistik munosabat so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni 
o‘rtasidagi bog‘lanishini aniqlash, so‘zni morfemik tahlil qilish va so‘zga leksik ma’no berishda 
morfemaning o‘rnini tushunish; so‘zni grammatik tahlil qilish va shu so‘zning muayyan so‘z turkumiga 
oid ekani bilan uning grammatik belgilari o‘zaro bog‘liqligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishiga 
qarab o‘sib boradi. 


Lingvistik munosabat o‘quvchilarda asta-sekin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib 
olish saviyasi ham har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, II sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmalarini 
topadilar, ammo u so‘z birikmasidagi so‘zlar o‘zaro qanday, ya’ni nimalar yordamida bog‘langanini 
tushuntira olmaydilar. IV sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmasini topadilar va so‘z birikmasi 
tarkibidagi so‘zlar o‘zaro so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar (kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari) yoki 
ohang yordamida bog‘langanini tushuntiradilar, ya’ni bog‘lanish grammatik vositalar bilan 
ifodalanishini ko‘rsatadilar. Bu so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish mohiyatini elementar 
darajada tushunish bo‘lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning 
bog‘lanish turlari, bosh va ergash so‘zning xususiyatlarini) tushunadilar. 
O‘qituvchi o‘quvchilarda so‘zga, so‘z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta’lim 
jarayonida maqsadga muvofiq o‘stirib boradi, xususan, o‘rganiladigan kategoriyani o‘quvchi tushunib 
olishiga g‘amxo‘rlik qiladi. 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə