Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


III. Yangi tushunchani ilgari o‘rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

III. Yangi tushunchani ilgari o‘rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish
tushunchani 
o‘zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida 
bog‘lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan bilimlar 
tizimiga hamda tildan ongli foydalanishiga poydevor bo‘ladi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni 
bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko‘proq 
tatbiq etishga imkon beradi. 
Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib
o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtira olmaydilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan asosiy bog‘lanish yo‘llari quyidagilar: 
1. So‘zga beriladigan morfologik so‘roqlar va ularning grammatik belgilari (kim?, nima? 
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsani bildiradi → birlik va ko‘plikda qo‘llanadi →egalik 
qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi → kelishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so‘rog‘iga javob 
bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning belgisini bildiradi → o‘zgarmaydi; necha?, nechanchi? so‘rog‘iga 
javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi → asosan, o‘zgarmaydi; nima 
qildi?nimaqilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z predmet harakatini bildiradi → 
bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi → shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi → o‘tgan, 
hozirgi va kelasi zamondan birini ko‘rsatadi). 
2. So‘z turkumi – gap bo‘lagi bo‘ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak, sifat – ikkinchi 
darajali bo‘lak, son – asosan, ikkinchi darajali bo‘lak, fe’l – kesim vazifasida keladi). 
3. Bosh kelishikdagi ot – ega, boshqa kelishiklardagi otlar – ikkinchi darajali bo‘lak bo‘ladi. 
4. Kishilik olmoshlari fe’llarda shaxsni ifodalaydi (agar fe’l 
men 
yoki 
biz 
olmoshlari bilan 
qo‘llansa, I shaxs, s
en 
yoki s
iz 
olmoshlari bilan qo‘llansa, II shaxs ifodalanadi). 
5. Umumiy asos va asosdosh so‘zlarning ma’nosidagi umumiylik (asosning umumiyligi 
asosdosh so‘zlarning ma’nosidagi o‘xshashlikka sabab bo‘ladi). 
6. So‘zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi (so‘zning morfemik tarkibi o‘zgarsa, 
ko‘proq uning leksik ma’nosi o‘zgaradi:
gul – gulchi, guldon, gulla 
kabi). 

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə