Reja: Etnogenez va etnik tarix



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)



3-mavzu: O`zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim 
manbalar

Reja: 
1. Etnogenez va etnik tarix. 
2. Etnografiyaning muhim manbalari. 
3. O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi tarixiga oid manbalar. 
 
Etnogenez 
(yunoncha ethnos - xalq va genesis - tug`ilishi, kelib chiqish; ingl.- 
ethnogenesis; nem. - Ethnogenose) — etnosning kelib chiqishidir. Tarix fanidagi 
mavjud ilmiy metodologik ishlanmaga ko’ra etnogenez deb ilgaridan mavjud 
bo`lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnos elatning vujudga kelishiga 
aytiladi. «Etnogenez» tushunchasini fanga ilk marotaba XX asrning 20-yillarida 
N.Ya.Marri tomonidan kiritilgan. 
Har bir xalqning tarixi uning etnogenez va etnik tarixi bilan uzviy bog`liqdir. 
Etnogenez va etnik tarix xalq tarixining ma’lum bosqichlarida vujudga kelib, 
ma’lum bir etnosning elat, xalq bo`lib shakllanguniga qadar davom etadigan tarixiy 
va etnomadaniy jarayondir. Odatda biror bir xalqning etnogenezini, uning etnik 
qatlamlari tarkibini aniqlamay turib, u xalq haqida, u tarkib topgan hudud va uning 
davlatchiligi to`g`risida biror ilmiy tasavvur yaratish mumkin emas.
Akademik olim K.Shoniyozovning mulohazalariga ko’ra, etnogenez jarayonida 
etnosni belgilovchi 
hududiy, til va etnomadaniy birlik, ijtimoiy-iqtisodiy va xo`jalik, 
etnik nom(etnonim) hamda o`zlikni anglash birligi, siyosiy uyushma birligi, din 
umumiyligi
va boshqa qator etnik alomatlar muhim ahamiyat kasb etadi
1
. Ushbu 
etnik alomatlar va belgilarning barchasi sodir bo`lgandagina etnos-xalq shakllanadi, 
ya’ni etnogenez jarayoni yakunlanadi. Ammo amalda bu etnik alomatlar barchasi 
etnogenez jarayonida, ya’ni muayyan bir vaqtda hozir bo`lishi yoki bir davrda 
muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo`lmagan. Jumladan, ma’lum bir xalqning 
tashkil topishida til birligi bosh rol o`ynagan bo`lsa, ikkinchi bir elatning shakllanish 
jarayonida xo`jalik, uchinchisida esa moddiy madaniyat yetakchi belgi bo`lgan. Bu 
borada akademik A.Asqarov etnik alomatlarni etnosga xos etnik belgilar va omillar 
deb yuritadi va etnosni uyushtiruvchi mazkur zaruriy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
omillar hamda etnik belgilarga 
hududiy birlik, ijtimoiy-iqtisodiy xo`jalik birligi, 
etnomadaniy birlik, til birligi, etnik nom birligi, o`zlikni anglash birligi va nihoyat 
siyosiy uyushma (politicheskaya kontsalidatsiya
)larni kiritadi. Olim etnik alomatlar 
alohida olingan qisqa bir davrda yuz bermaydi, balki uzoq davom yetgan 
etnogenetik jarayon davomida birin-ketin tarkib topib boradi, deb ta’kidlaydi. 
Maxsus ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, etnogenez jarayonining ikki usuli 
mavjud. 1). Tub yerli (avtoxton) etnik komponentlarning o`zaro yaqinlashuvi, 
1
Shoniyozov K. O`zbek xalqining shakllanish jarayoni. – T. 2001 


ularning qo`shilib, birgalikda taraqqiy etib borishi; 2). Shakllangan yoki 
shakllanayotgan 
etnik 
birlikka 
boshqa 
hududlardan 
ko`chib 
kelgan 
komponentlarning mahalliy aholiga qo`shilishi. Odatda yangi etnosning 
shakllanishi jarayonida, ya’ni etnogenez bosqichida va undan keyin ham har xil 
tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko’ra, uning tarkibiga yangi-yangi etnik 
qatlamlar qo`shilib boradi. Yangi etnos vujudga kelgach, oldingi etnik komponentlar 
alohida etnik birlik sifatida asta-sekin yo`qolib tarix maydonidan batamom chiqib 
ketadilar (masalan, saklar, massagetlar, toharlar, va boshqalar) yoki qisman (etnik 
tarkibi o`zgargan holda) saqlanib qoladilar. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, yangi etnik 
birlikning shakllanish jarayonining oxiriga yetishi bilan ham etnik jarayon to`xtab 
qolmaydi. Shakllangan etnik birlikka turli davrlarda yangi-yangi komponentlarning 
ko`shilishi yoki undan ajralib chiqib ketish hollari etnik birlik shakllangandan keyin 
ham davom etadi. Darhaqiqat, dunyoda hech bir xalq yo`qki, u o`z etnogenez 
jarayonining ilk bosqichlaridan to millat darajasiga ko`tarilgunicha boshqa etnik 
qo`shilmalarisiz rivojlangan bo`lsa. Jumladan, o`zbek xalqining etnogenezi bunga 
yaqqol misoldir. O`zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan to xalq sifatida 
shakllanib bo`lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil yetgan avtoxton sug`diy-
xorazmiy va qadimgi turkiy qatlamlardan tashqari o`ziga turli davrlarda har xil 
miqdorda mahalliy va tevarak atroflardan kelib qo`shilgan etnik guruhlarni singdirib 
borgan. Demak, sayyoramizdagi barcha xalqlar kelib chiqishi jihatidan ko`p etnik 
qatlamlidir. 
Etnogenezni tadqiq qilishda (ayniqsa uning dastlabki bosqichlarini) 
“Etnologiya”, etnik antropologiya, arxeologiya, etnolingvistika, folklor 
materiallarni jalb qilgan holdagi kompleks yondashuvni talab qiladi. 
Etnogenezga oid bugungi kunda turli-tuman qarashlar va konsepsiyalar 
mavjud. Jumladan, ayrim mutaxasislar (L.N.Gumilyov) etnosni biofizik voqelik deb 
biladilar va shu bois etnogenez tizimini tabiiy jarayonlar bilan bog`liq deb 
hisoblaydilar. Mazkur konsepsiyaga ko’ra, etnos biosferaning tarkibiy qismi 
bo`lgani uchun undagi qonuniyatlarga bo`ysunadi, etnogenez esa biosferada sodir 
bo`ladigan jarayonlarning bir qismi deb hisoblanadi
2

Akademik A.Asqarovning fikricha, «har bir xalq tarixi uning etnogenezi va 
etnik tarixi bilan uzviy bog`liq. Etnogenez va etnik tarix esa tarix fanining bosh 
masalasidir». Uning yozishicha, xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq 
bo`lib shakllanguniga qadar bo`lgan tarixidan iborat... Qachonki, etnik belgilar va 
alomatlarning barchasi sodir bo`lganidagina etnos-xalq shakllanishi o`z nihoyasiga 
yetadi. Shakllangan etnosining bundan keyingi tarixi fanda etnik tarix nomi bilan 
yuritiladi
3
. Akademik olimning bunday qarashlari etnogenez va etnik tarix 
2
Gumilev L.N
. Etnogenez i biosfera zemli. -L., 1990. 
3
Asqarov A.
O`zbek xalqi etnogenez va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy metodologik asoslari // 
O’zbekiston tarixi 2002. – №4. 


muammosi doirasida “Etnologiya” fanida bildirilgan chuqur mushohadali 
qarashlardan biri ekanligini ehtirof yetgan holda shuni ham ta’kidlash kerakki, bu 
borada boshqacha qarashlar ham ilgari surilgan. Jumladan, akademik 
K.Shoniyozovning fikricha, etnik tarix - o’rganilayotgan xalqning ibtidoiylikdan 
boshlab, bir qancha tarixiy bosqichlarni o`tib to bizgacha davom qilib kelgan katta 
davrni qamrab oladi. Boshqacha qilib aytganda etnik tarix tushunchasi etnosning 
qadimda va ilk o’rta asrlarda mavjud bo`lgan ildizlarini, ularning alohida etnik 
jamoa (etnik birlik) bo`lib shakllanish davrini hamda etnosning keyingi taraqqiyot 
tarixini (to millat bo`lib shakllanishiga qadar) o`tgan davrini o`z ichiga oladi. Biroq 
har ikki muallif ham etnos-xalqning shaklanishi millatni shakllanishiga to`g`ri 
kelmaydi, degan umumiy xulosaga keladilar. Har ikki muallifning fikricha ham 
millatning shakllanishi etnogenetik jarayon kabi uzoq davom etadigan tarixiy 
jarayon bo`lib, millat etnik tarixning eng yuqori cho’qqisi, kamolot bosqichiki, bu 
bosqichga ko`tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, aniq hududiy 
chegarada muomalada bo`lgan umumxalq-millat tili davlat tili maqomi darajasiga 
ko`tariladi, o`zlikni anglash darajasi esa fuqarolarning hayot mazmuniga, kundalik 
turmush-tarziga aylanadi. 
Har bir fan zaruriy bilimlarni jalb yetgan holda aniq tadqiqot obyektini 
o’rganishga qaratilgan bo`ladi. Lekin har bir fandagi bilim obyektining o`ziga 
xosligi tadqiqotchilar oldiga tadqiq qilinayotgan obyektga oid to`liq va aniq 
ma’lumotlarga ega bo`lish talabini qo`yadi. 
Zamonaviy “Etnologiya”da ilmiy tahlil uchun turli-tuman materiallar: 
tadqiqotlar natijasi va etnograf olimlarning turli dala yozuvlari, sayohatchilarning 
safarnomalari, kuzatuvlari, folklor namunalari va badiiy matnlar, etnosotsiologik va 
etnopsixologik materiallar, publitsistik matnlar, rasmiy hujjatlar, tarixiy va ijtimoiy-
siyosiy adabiyotlardan foydalaniladi. Bulardan tashqari tadqiq etilayotgan etnos 
vakillari bilan bevosita muloqot jarayonida ularning turli holatlarga bildirgan 
ta’sirlari, bahs-munozaralar va suhbatlarda bildirgan fikr-mulohazalari va 
dalillarining mantiqliligi, tevarak - atrofdagi turli ko’rinishlarni izohlash yo`llari va 
shaxsiy xulq-atvorlarini kuzatuv natijalari ham muhim rol o`ynaydi. Shubhasiz, 
bunday ma’lumotlarni yig`ish tadqiqotchi uchun ma’lum metodlarni o`zlashtirishni 
talab qiladi. Bugungi kunda zamonaviy “Etnologiya”da o`ziga xos etnologik 
tadqiqot metodlari majmui shakllangan bo`lib, ularga dala tadqiqotlari, yozma 
manbalarni o’rganish, xalq og`zaki ijod namunalarini to`plash statistik materiallar 
(avvalo turli davrlarda bajarilgan aholini ro`yxatga olish materiallari)ni tahlil qilish 
kiradi. 

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə