Reja: Etnogenez va etnik tarix



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)

FOL`KLOR MANBALAR
. Xalq uzoq asrlar davomida o`zi ortirgan 
tarixiy bilimlarni og’zaki ijod orqali avloddan-avlodga etkazib keldi. Turli 
rivoyatlar, asotirlar, xalq dostonlari va maqollarda tarixning u yoki bu tomonlari o`z 
aksini topdi. Taniqli rus tarixchisi B. D. Grekov yozganidek, rivoyat va asotirlar - 
"bu xalqning o`zi so`zlab bergan tarixidir". O’rta Osiyo eng qadimgi xalqlarining 
ogzaki ijodiyoti namunalari bizgacha "Avesto" kitobi orqali, shuningdek antik 
tarixchilar hamda Tabariy, Narshaxiy, Beruniy va boshqalar asarlari orqali etib 
keldi. O’rta Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi qabila va elatlarning rivoyatu 
asotirlarlari ularning turmush tarzi va ma`naviy dunyosi haqida ma`lumot beradi. 
Qadimgi ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari 
to`grisida hikoya qiladi. Bu rivoyat va ertaklarda malika To`maris, cho’pon Shiroq, 
bahodirlar Rustam va Siyovushlar obrazini yaratdi. Ularning Vatan ozodligi 
yo`lidagi fidokorona kurashlarini tarannum etdi. Xalq afsonalari Abulqosim 
Firdavsiyning mashhur "Shohnoma" asarining syujetini tashkil etdi. 
O’rta asrlarda o`zbek xalqi ijod qilgan epik dostonlar, ertaklar va qo`shiqlar, 
maqol va topishmoqlar xalq tarixini, uning ruhiyati va ma`naviyati tadqiq etishda 
muhim ahamiyatga egadir. Lekin shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, folklor 
manbalari aniq tarixiy manba sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Buning asosiy 
sababi shuki, rivoyatlarda ko`p xronologik chalkashliklar mavjud hamda tarixiy 
shaxslarning faoliyat ko’rsatgan davri o`zgarib turadi. Folklor shunday janrki, unda 
so`zlovchi voqealar syujetini o`zi hohlagan tarzda o`zgartirishi mumkin. Shuning 
uchun folklor materiallaridan faqat qo`shimcha tarixiy manba sifatida foydlanish 
maqsadga muvofiqdir. 
4. 
LINGVISTIK MANBA
. O`zbek tili va boshqa tillarning leksik 
tarkibida mavjud bo`lgan va hozir ham mavjud atamalar va toponimlar (joy 
nomlari)ni tadqiq etish jarayonida qimmatli tarixiy materiallar qo`lga kiritilishi 
mumkin. Atamalar va topilmalarning kelib chiqishi va mazmunini aniqash bilan 
lingvistika (tilshunoslik) fani shug’ullanadi. Bunday ma`lumotlar lingvistik 
manbalar deb ataladi. Masalan, "Buxoro" toponimi sanskrit tilidagi "vihara" 
so`zining o`zgargan varianti bo`lib, "ibodatgoh" degan ma`noni bildirilishi 
aniqlangan. Qadimda Buxoro shahrida buddaviylarning ibodatxonasi mavjud 
bo`lganligi sababli keyinchalik bu so`z mazkur shaharga nisbatan ishlatila 
boshlagan. Shunga o`xshab "vag’nze", "dax'yu", "suyurg’ol", "tanxo" singari yuzlab 
atamalarning kelib chiqishini o’rganish qiziqarli tarixiy ma`lumotlar beradi. 
5. 

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə