Reja: Etnogenez va etnik tarix



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)

FOTOKINOHUJJATLAR
. Fotograf hamda kino san`ati paydo 
bo`lgandan so`ng tarixiy manbalarning yangi bir guruhi vujudga keldi. Bunday 
manbalar fotohujjatlar deb ataladi. Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy kinofotofonohujjatlar Davlat arxivida XIX asrning oxiridan hozirgi kunga 
qadar bo`lgan muddatda o`lkamizda sodir bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi boy 
fotohujjatlar kollektsiyasi saqlanadi. Kinohujjatlar esa asosan Oktyabr' 


to`ntarishidan keyingi davrni aks ettiradi. Fotokinohujjatlarning muhim tomoni 
shundan iboratki, ular tariximizning turli lahzalarini jonli tarzda gavdalantiradi. 
Hujjatlarning bu guruhini o’rganish va ulardan foydalanish bizning tarixiy 
tasavvurimizni yana kengaytiradi va chuqurlashtiradi. 
6. 
FONOHUJJATLAR.
Fonohujjatlar 
deganda 
biz 
grammafon 
plastinkalari hamda magnit tasmalarga yozib olingan nutqlar, suhbatlar, adabiyot va 
san`at asarlarini tushunamiz. O`zbekiston Markaziy kinofotofonohujjatlar Davlat 
arxivida qator shunday hujjatlar saqlanmoqda. SSSR va O`zbekiston SSR davlat va 
jamoat arboblari, fan adabiyot va san`at namoyondalari, ishlab chiqarish 
ijodkorlarining nutq va intervyulari, eski bolsheviklar, grajdanlar urushi va ikkinchi 
jahon urushi faxriylarining esdaliklari alohida o’rin tutadi. Lekin bu hujjatlarning 
ko`pchiligi o`sha davrda hukmron bo`lgan komunistik mafkura ruhi bilan 
yo`g’irilganligini ta`kidlab o`tish zarur. Arxivda shoir va yozuvchilarning o`z 
asarlaridan o`qigan parchalari matni, san`at ustalarining kontsertlari ham yozib 
olingan. Fonohujjatlar ham tarixning jonli manzaralarini yaratishga, adabiyot va 
san`at tarixini teran o’rganishda muhim o’rin tutadi. 
7. 
YOZMA MANBALAR
. Yozma manbalar tarixiy manbalarning 
muhim va asosiy qismi hisoblanadi. O’rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 mingyillikda
dastlab oromiy yozuvlari, so`ngra asoslangan so`g’d, xorazm va baqtriya yozuvlari 
tarqaldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. 
Qadimgi Fors, So`g’d, Xorazm, Qadimgi turk, fors-tojik, eski o`zbek, rus va boshqa 
tillarda bitilgan yozma manbalar ko`p asrlik tariximizni o’rganishda ulkan rol 
o`ynaydi. Yozma manbalar q’oyalarga, taxta va matolarga, pergament qog’ozlarga 
yozilgan bitiklardan iborat. Yozma manbalar davrlar bo`yicha nihoyatda notekis 
bo`lingandir. Eng qadimgi davrlar bo`yicha yozma manbalar nihoyatda oz bo`lib, 
keyingi asrlarga oid manbalar esa tobora ko`payib boradi. Yozma manbalarning 
katta qismi son-sanoqsiz jangu jadallar va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo`ldi. 
Bizgacha etib kelgan tarixiy manbalarning asosiy qismi milodiy X-XX asrlarga 
mansubdir. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlaridan yozma manbalarning 
miqdori keskin oshib bordi. Hozirgi kunga kelib yozma hujjatlar shu darajada 
ko`payib kyetdiki, ularni unifikatsiya qilish, axborotni kodlashtirish, hujjatlarni 
saralash va saqlash yo`llarini takomillashtirish extiyoji tug’ildi. 
Tarixiy manbalarni 7 ta guruhga bo`lish shartli xarakterga egadir. Masalan, 
etnografik, folklor va lingvistik manbalar yozma shaklda yoki fotohujjat shaklida 
bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, yuqorida ko’rsatib o`tilgan tarixiy manbalar 
guruhi o`z navbatida yana kichikroq guruhlarga bo`linishi mumkin. 

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə