Reja: Etnogenez va etnik tarix



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)

dala tadqiqotlari 
muhim ahamiyat kasb 
etadi. Dala tadqiqotlari metodining shakllanishi mustamlaka xalqlar, ularning 
xo`jaligi, ijtimoiy tuzilmalari, ehtiqodi, urf-odatlari to`g`risida kengroq 
ma’lumotlarga ega bo`lishga qiziqish tufayli shakllangan bo`lib, bu o`z navbatida 
o`sha davrdagi mustamlakachilik siyosati bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. 
Chunki, mustamlakachilar o`z koloniyalarini va u yerlardagi aholini boshqarishlari 
uchun doimiy ravishda bunday ma’lumotlarga ehtiyoj sezganlar.
Dala tadqiqotlarining metodi tadqiqotchiga o’rganilayotgan etnik muhitda uzoq 
muddat bo`lishlikni va bevosita o`sha muhitga ko`nikishlikni talab qiladi. Shu 
o’rinda ta’kidlash joizki, tadqiqotchi uchun odatda mavjud tadqiqot obyektida 
statsionar ishlash muddati bir etnik yildan kam bo`lmasligi kerak. Etnolog-
tadqiqotchi uchun dastlabki 2-3 oy tanishish va yangi muhitga moslashish davri 
hisoblanadi. Shundan keyin u etnik jamoaning yoki uning bir qismi hayotini yil 
mobaynida kuzatadi.
Dala tadqiqotlarining qonuniyligi va samarali bo`lishligi tadqiqotchi tomonidan 
o’rganilayotgan etnos orasida uzoq muddat yashashni tahlab qiladi. Bunga biz
amerikalik olim A.Morgan va rus etnografi Mikluxa Maklaylarning tadqiqotlarini 
yorqin misol tarzda keltirishimiz mumkin. Morgan Amerikadagi hindularning 
irokez qabilasi orasida uzoq muddat yashagan bo`lsa, Mikluxa Maklay Yangi 
Gvineya papuaslari orasida yashab juda boy etnografik materiallar yiqqan olim 
hisoblanadi. Statsionar tarzdagi dala tadqiqotlari metodlarining o`ziga xos yutug`i 
shundaki, etnologlar xalq kundalik turmush tarzining bevosita ishtirokchisi bo`ladi. 
Hozirgi kunda “Etnologiya”da mazkur metodning mavsumiy yoki shoshilinch 
tarzda o`tkaziladigan metodlaridan foydalaniladi. Bu metodda tadqiqotchi ma’lum 
bir tarixiy-etnografik hududda yashovchi aholini oldindan belgilangan reja asosida 
o’rganadi. Bu metod tadqiqotchi uchun qulay bo`lgan davrda o`tkaziladi. Lekin 


bunday tarzda tadqiqotlar olib borish etnosning hamma mavsumdagi hayotini 
o’rganish imkonini bermaydi. 
Dala tadqiqotlari metodlari etnolog uchun moddiy va ma’naviy madaniyat 
to`g`risida ham ma’lumotlar olish imkonini beradi. Foto suratlar, chizmalar, 
sxemalarda moddiy, ma’naviyat obyektlari: etnosning mehnat qurollari, uy-joylari, 
uy-ro`zg`or anjomlari, kiyim-kechaklari va shu kabi moddiy madaniyat nahmunalari 
aks etadi. Zamonaviy texnika vositasida (raqamli videokamera va raqamli 
fotoapparat, audio yozuvlar) va an’anaviy dala yozuvlarida xalq ma’naviy 
hayotining obyektlari va ko’rinishlari (an’analar, marosimlar, urf-odatlar, folklor 
qo`shiqlar va shu kabilar) aks etadi. Bahzida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim 
moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari muzeylar kollektsiyasi uchun yig`iladi.

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə