Reja: Etnogenez va etnik tarix



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)

arxeologik 
materiallar
dan ham keng foydalaniladi. Arxeologik moddiy (ashyoviy) manbalar 
deyilganda insoniyatning dastlabki ajdodlari yashagan makonlardan topilgan 
mehnat va urush qurollari, ular dafn etilgan joylar, keyingi taraqqiyot jarayonida 
qurilgan bino va inshootlar (qal’a va qasrlar, hammomlar va karvonsaroylar, 
hunarmandchilik ustaxonalari hamda suv inshootlari va shu kabilar)ning qoldiqlari, 
hamda uy-ro`zg`or va zeb-ziynat buyumlari tushuniladi. Yozma va og`zaki 
manbalarga qaraganda arxeologik moddiy ashyolar birmuncha ishonchliroq 
hisoblanadi. Ular yordamida ma’lum bir tarixiy voqeaning aniq vaqtini yoki moddiy 
madaniyat qurolining tarqalish davrini ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
metodning yuqori sifatliligi bugungi kunda arxeologik materiallarni zamonaviy 
shaklda o’rganish va baholash mezonlariga asoslanadi. Jumladan, hozirda 
arxeologik materiallarni o’rganishda statistik metodlardan keng tarzda 
qo`llanilmoqda. Shuningdek, oxirgi yillarda etnoarxeologiya kabi yo`nalish ham 
jadal rivojlanib bormoqda. Deskreptiv (tavsifiy) statistikani qo`llash arxeologik 
materiallar zahirasini to`laligicha ochishga ko`maklashsa, analitik statistika esa 
arxeologik materiallarning tipologiyasi va ilmiy gipotezalarni tekshirish imkonini 
beradi. O`z navbatida mazkur ma’lumotlarning tahlili va talqini hamda ilmiy 
qimmati “Etnologiya”ga oid nazariyalar, g`oyalar, konsepsiyalar va madaniyat 
modellarini paydo bo`lishiga asos bo`lib xizmat qiladi. 
Etnologik tadqiqotlardagi muhim metodlardan yana biri 
qiyosiy
 
tilshunoslik 
metodidir
. Bu uslubning mohiyati turli tillardagi ma’lum so`zlarni taqqoslashdan 
iboratdir. Bu o`z navbatida o`zaro yaqin qarindosh tillarning aloqalari chegarasi va 
ularning qarindoshlilik va bog`liqlik darajasini aniqlash imkonini beradi. 
“Etnologiya”ning fan sifatida shakllanganiga garchi juda qisqa fursat o`tgan 
bo`lsada, o`tgan davr mobaynida juda ko`plab statistik materiallar yig`ildi. Ayniqsa, 


yig`ilgan materiallar ichida eng muhimlaridan biri aholini ro`yxatga olishga oid turli 
yillardagi ma’lumotlar hisoblanadi. Mazkur materiallardan foydalanish jarayonida 
tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan keng doiradagi savollarga javob topishi mumkin. 
Shuningdek, bunday materiallarning qimmati nafaqat ularning turli yillarda 
bajarilganligi bilan, balki ularning ma’lum bir tizimlashtirilgan tartibda amalga 
oshirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Aholini ro`yxatga olish bilan bog`liq hujjatlar 
ma’lum yo`nalishlarga oid savollar majmui va ularning javoblaridan iboratdir. 
Bunday turkum materiallar orasida ijtimoiy-demografik savollar majmui: jinsi, 
yoshi, ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, kasbi, uy-joyi turi, mazkur hududda yashash 
vaqti va shu kabi savollar muhim ahamiyatga ega. Bunday ma’lumotlarni olish – 
tadqiqotchi uchun umumiy etnik manzarini o’rganishda va bir nechta aholi 
manzillari ro`yxati materiallarini taqqoslash orqali etnik jarayonlarning 
dinamikasini ko’rsatib berishida muhim ahamiyatga molik.
“Etnologiya”ning mustaqil fan tarzda shakllanishida bevosita xalqning hayotini
o’rganish yoki etnologlar tili bilan aytganda 

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə