Reja: Etnogenez va etnik tarix


Yozma manbalarni o’rganish



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)

Yozma manbalarni o’rganish
“Etnologiya”ning eng muhim metodlaridan biri 
bo`lib, uning qimmati o’rganilayotgan xalq va uning madaniyati to`g`risida aniq va 
to`laqonli ma’lumotlar berishi bilan ajralib turadi. Yozma manbalar nafaqat 


“Etnologiya” uchun balki, tarix fani uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yozma 
manbalar asosan insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog`i, kishilarning o`zaro 
munosabatlari natijasi o`laroq yaratilgan va o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatni, tarixiy voqealarni aks ettirgan manbalardir. Yozma manbalarga odatda 
ma’lum bir xalq vakillari hisoblangan mualliflar tomonidan o`zlarining yoki boshqa 
xalqlarning tarixi hamda madaniyati to`g`risida yozib qoldirilgan qo`lyozma asarlar, 
tarixiy manbalar kiradi. Shuningdek, yozma manbalarga oliy va mahalliy 
hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar
inoyatnomalar va b.), tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar ham kiradi. 
Yozma manbalar doimiy ravishda bir necha avlod tadqiqotchilari uchun qiziqarli 
manba bo`lib xizmat qilgan.
Odatda biror bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o’rganishda rasmiy 
hujjatlar, moliyaviy-hisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati benihoyat 
kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum yuridik shaklda bevosita 
va ko`p hollarda aynan qayd etilganligi bilan ham qimmatlidir. Lekin ayni vaqtda 
bahzan ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab 
turishini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham mazkur manbalardan 
foydalanilganda o`ziga xos diqqat-e’tibor va zo’r ehtiyotkorlik talab qilinadi. 
Hujjatlar ustida ish olib borilganda, aniqrog`i undan biror bir ijtimoiy-siyosiy 
jarayonni talqin etishda foydalanilganda bir hujjat bilan chegaralanmaslik, o`zaro 
o`xshash hujjatlarni o`zaro qiyosiy tahlil etib o’rganmoq zarur. Qolaversa, hozirgi 
kunda bunday tarixiy-madaniy yozuvlar etnologlar qiziqadigan yagona manba turi 
bo`lib hisoblanmaydi. Ayni kunda turli davrlardagi xalqlarning hayoti va 
madaniyatiga bag`ishlangan har xil yozma manbalar mavjud bo`lib, ularning ko`p 
qismi hozirgacha batafsil o’rganilmagan. Bunday yozma manbalar jumlasiga, 
sayyohlar va geograflarning safarlari to`g`risidagi xabarnomalari, o`tkazilgan turli-
tuman ekspeditsiyalar hisobotlari, matroslar va askarlarning yozuvlari, elchilarning 
hisobotlari, savdogarlarning safarnomalari, oddiy xalq vakillarining davlat 
rahbarlariga yozgan maktublari va shu kabi bir qator yozma materiallar kiradi.
“Etnologiya” uchun xalqning tarixiy tafakkurini aks ettiruvchi 

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə