Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent Davlat pedagogika universiteti



Yüklə 85,96 Kb.
səhifə1/4
tarix18.05.2022
ölçüsü85,96 Kb.
#87335
  1   2   3   4
Nomerlashning turli sistemalari. O’nli pozitsion sistema



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Fizika –Matematika fakulteti
Mo'M 402-guruh talabasining
Matematika tarixi fanidan tayyorlagan





Mavzu :
Nomerlashning turli sistemalari. O’nli pozitsion sistema


Bajardi : Hasanova Dilafro'z

Mavzu :
Nomerlashning turli sistemalari. O’nli pozitsion sistema

Reja :




  1. SANOQ SISTEMALARI, POZITSION VA NOPOZITSION SANOQ SISTEMALARI

  2. SANOQ SISTEMALARI

  3. Pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari

Barcha mavjud tillar kabi sonlar tili ham mavjud bo‘lib, u ham o‘z alifbosiga ega. Mazkur alifbo hozir jahonda qo‘llanilayotgan 0 dan 9 gacha bo‘lgan o‘nta arab raqamlaridir, ya’ni: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. Bu tilda o‘nta belgi (raqam) bo‘lganligi uchun ham, bu til o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi.


Bizning kundalik hayotimizda qo‘llanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasi hozirgidek yuqori ko‘rsatkichni tez egallamagan. Turli davrlarda turli xalqlar bir-biridan keskin farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar.
Masalan, 12 lik sanoq sistemasi juda keng qo‘llanilgan. Uning kelib chiqishida albatta tabiiy hisoblash vositasi - qo‘limizning ahamiyati katta. Bosh barmog‘imizdan farqli qolgan to‘rttala barmog‘imizning har biri 3 tadan, ya’ni hammasi bo‘lib 12 ta bo‘g‘indan iboratdir. Mazkur sanoq sistema izlari hanuzgacha saqlanib qolgan. Masalan, inglizlarda
uzunlikni o‘lchash birligi:
1 fut = 12 dyum=30 sm,
pul birligi
1 shilling = 12 pens.
Qadimgi Bobilda ancha murakkab bo‘lgan sanoq sistemasi – 60lik sanoq sistemasi qo‘llanilgan. Bu sanoq sistemasining qoldiqlari hozir ham bor. Masalan:
1 soat = 60 minut
1 minut = 60 sekund
XVI – XVII asrlargacha Amerika qit’asining katta qismini egallagan atstek va mayyalarda 20 lik sanoq sistemasi qo‘llanilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Biz asosan o‘nlik sanoq sistemasidan foydalanamiz. Lekin, o‘nlik sanoq sistemasidan kichik sanoq sistemalarida sonlarni belgilash uchun arab raqami belgilaridan foydalaniladi. Masalan, beshlik sanoq sistemasida 0, 1, 2, 3, 4 raqamlari, yettilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlaridan foydalaniladi.
Hisoblash texnikasida va dasturlashda asosi 2, 8 va 16 ga teng bo‘lgan sanoq sistemalari qo‘llaniladi.
O‘n ikkilik, o‘n oltilik sanoq sistemalarida qanday belgilardan foydalaniladi?- degan savolga javob aniq: raqamlardan keyin lotin alifbosidagi bosh harflardan foydalaniladi.
Shunday qilib, o‘n ikkilik sanoq sistemasida raqamlar 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B kabi; o‘n oltilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F kabi yoziladi.
Kompyuterlarda boshqa sanoq sistemalaridan quyidagi imkoniyatlari bilan farqlanuvchi ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi:
 uni ishlashini tashkil etish uchun ikki turg‘un holatli qurilmalar zarur ( tok bor – tok yo‘q, magnitlangan yoki magnitlanmagan);
 axborotni ikki holat orqali tasvirlash ishonchli va ta’sirlarga chidamli;
 ikkilikdagi arifmetika boshqalaridan sodda.
Ikkilik sanoq sistemasining asosiy kamchiligi – sonlardagi xona(razryad)larning juda tez ortib ketishidir. O‘nlik sanoq sistemasidan ikkilikka va teskari o‘tkazishlarni kompyuterning o‘zi bajaradi. Lekin kompyuterning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish uchun uning tilini tushunish zarur bo‘ladi. Shular sababli sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari ishlab chiqilgan.
Bu sistemalardagi sonlar o‘nlik sanoq sistemasi kabi oson o‘qiladi, lekin ikkilik sanoq sistemasidagi sondan 3 (sakkizlikda) va 4 (o‘n oltilikda) marta kam razryad talab qiladi, chunki 8 = 23 va 16 = 24.

Yüklə 85,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə