Muhandislik-texnologiya


IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə99/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   193
Falsafa

IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning о‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar о‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bо‘ysunish munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning tahliliga kо‘ra xulosa chin bо‘lgan quyidagi holatlarni kо‘rsatish mumkin.
1.Asos mulohaza va xulosa chin bо‘lgan : A→I, YE→0.
2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bо‘lgan:I→O, O→I
Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
I.Ba’zi mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud fikrni aniqlab olish, uning mohiyatini tо‘g‘ri tushunish, shuningdek, bir fikrni turli xil kо‘rinishda bayon qilish, yangi bilimlar hosil qilishga imkon beradi.
Oddiy qat’iy sillogizm
Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bо‘ladi. “Sillogizm” sо‘zi qо‘shib hisoblash, degan ma’noni beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning kо‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifodalashda qо‘llaniladi. Sillogizm о‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi – yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bо‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bо‘lmaydi. Shunga kо‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bо‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bо‘lsin:
Hech bir xasis saxiy emas.
Ba’zi boylar xasisdir.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – Ba’zi boylar saxiy emas, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R – katta termin (terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bо‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) о‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni о‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni о‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.
S – kichik termin;
M
S

M

P
о‘rta termin;
R – katta termin.

О‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy element hisoblanadi.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə