Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə96/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193
Falsafa

Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini kо‘rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bо‘lgan kimyoviy birikmadir», degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini kо‘rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.
MULOXAZA. XULOSA CHIQARISH – TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA.
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bо‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish – bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi shaklidir.
Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga о‘tish jarayonidan tashkil topadi. Tо‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bо‘lishi, о‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
Masalan, Arastu – mantiq fanining asoschisi va Platon yunon faylasufidir degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Chunki bu mulohazalar о‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yо‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham о‘zaro mantiqan bog‘langan bо‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bо‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, tо‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bо‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga kо‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga kо‘ra hamda xulosa asoslarining soni va fikrning harakat yо‘nalishiga kо‘ra bir qancha turlarga bо‘linadi.
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yо‘nalishi bо‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bо‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (tо‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida о‘rganilishi mumkin.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə