Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə95/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   193
Falsafa

Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq» sо‘zigrekcha «logos» sо‘zidan olingan bо‘lib, tushuncha, fikr, sо‘z, qonuniyat kabi ma’nolarga ega», desak, “mantiq” tushunchasiga nominal ta’rif bergan bо‘lamiz. «Til belgilarini о‘rganuvchi fan semiotikadir», degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoldir.
Real ta’rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», degan ta’rif real ta’rifdir.
Real ta’rif aniq va noaniq kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. Aniq real ta’rif predmetlarning muhim belgilarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘rsatib beradi. Noaniq real ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, о‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lug‘atdan foydalanmay, boshqa sо‘zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real ta’rifning ikki asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini kо‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif.
Yaqin jinsi va tur belgisini kо‘rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng kо‘p ishlatuvchi turi bо‘lib, u ikki bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. Bunda uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi kо‘rsatiladi. Shu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasi mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «sо‘z» tushunchasidir. «Metafora sо‘zdir» deyish bilan «sо‘z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini kо‘rsatamiz, ya’ni «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Sо‘zning kо‘chma uning tur belgisi, ya’ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qо‘shib «Metafora kо‘chma ma’noda ishlatiladigan sо‘zdir», degan tо‘la ta’rif hosil qilamiz. Shu tariqa eng qisqa yо‘l bilan, ya’ni yaqin jinsi va tur belgisini kо‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə