Muhandislik-texnologiya


 Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Masalan: Ishsizlar tadbirkor emas. Talabalar ishsiz emas. 5



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə102/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193
Falsafa

4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
5. Ikki juz’iy hukmdan xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
6. Asoslardan biri inkor hukm bо‘lsa, xulosa ham inkor mazmunda bо‘ladi. Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir.
Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.
7. Asoslardan biri juz’iy hukm bо‘lsa, xulosa ham juz’iy hukm bо‘ladi. Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.
Sillogizm figuralari va moduslari
Oddiy qat’iy sillogizmning strukturasida о‘rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning tо‘rtta figurasi farq qilinadi.
I figurada о‘rta termin katta asosning subyekti, kichik asosning predikati bо‘lib keladi.
II figurada о‘rta termin katta va kichik asoslarning predikati bо‘lib keladi.
III figurada о‘rta termin har ikki asosning subyekti bо‘lib keladi.
IV figurada о‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning subyekti bо‘lib keladi.
Sillogizm asoslari oddiy qat’iy hukmlar (A, YE, I, 0)dan iborat. Bu hukmlarning ikki asos va xulosada о‘ziga xos tartibda (tо‘plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» – shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining о‘ziga xos moduslari mavjud. Har bir figuraning tо‘g‘ri moduslarini aniqlab, tо‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining о‘ziga xos bog‘lanishi asosida aniqlanadi.
Oddiy qat’iy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Katta asos umumiy hukm bо‘lishi kerak.
2. Kichik asos tasdiq hukm bо‘lishi kerak.
I figuraning tо‘rtta tо‘g‘ri modusi mavjud:
AAA-Barbara, EAE-Celarent, AII-Darii, EIO-Ferio.
Moduslarning birinchi harfi katta asosning, ikkinchi harfi-kichik asosning, uchinchi harfi xulosaning sifat va miqdorini kо‘rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida ularning har biri alohida nom bilan ataladi.
Masalan:
A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega.
A. Tafakkur qonunlari – ilmiy qonunlardir.
A. Tafakkur qonunlari obyektiv xususiyatga ega.
Sillogizmning I figurasida oddiy qat’iy hukmlarning barcha turlari bо‘yicha hulosalar beriladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə