Muhandislik-texnologiya


Oddiy qat’iy sillogizmning II figurasi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə103/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   193
Falsafa

Oddiy qat’iy sillogizmning II figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Katta asos umumiy hukm bо‘lishi kerak.
2. Asoslarning biri inkor hukm bо‘lishi kerak.
II figuraning tо‘rtta tо‘g‘ri modusi mavjud:
AEE-Camestres,EAE-Cesare,AOO-Baroko,EIO-Festino.
Masalan:
A. Hamma hukmlar darak gap orqali ifodalanadi.
YE. Savol darak gap orqali ifodalanmaydi.
YE. Savol hukm emas.
Sillogizm II figurasidan faqat inkor hukm kо‘rinishida xulosa chiqoriladi.
a) Oddiy qat’iy sillogizm III figurasining bitta maxsus qoidasi bor: kichik asos tasdiq hukm bо‘lishi kerak.
III figuraning tо‘g‘ri moduslari oltita:
AAI-Darapti,AII-Datasi,IAI-Disamis,EAO-Felapton,EIO-Ferision,OAO-Bokardo.
Masalan,
A. Hamma mantiqshunoslar faylasufdir.
A. Hamma mantiqshunoslar – ilmli kishilardir.
I. Ba’zi ilmli kishilar faylasufdir.
III figuraning xulosalari faqat juz’iy xukmdan iborat bо‘ladi
Oddiy qat’iy sillogizmning IV figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Asoslarning biri inkor hukm bо‘lsa, katta asos umumiy hukm bо‘ladi.
2. Katta asos tasdiq hukm bо‘lsa, kichik asos umumiy hukm bо‘ladi.
IV figuraning beshta tо‘g‘ri modusi mavjud:
AAI-Bramalip,AEE-Camenis,IAI-Dimaris,EAO-Fesapo,EIO-Fresison.
Masalan,
A. Halol odamlarning hammasi vijdonlidir.
A. Hamma vijdonlilar adolatli kishilardir.
I. Ba’zi adolatli kishilar halol odamlardir.
Sillogizmning IV figurasi umumiy tasdiq xukm kо‘rinishidagi xulosani bermaydi.
Arastudan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslariga katta e’tibor berganlar. Ular I figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar.
Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema sо‘zi– aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bо‘lganda uni topib, о‘rniga qо‘ygan holda entimemadan tо‘la sillogizmni tiklash mumkin.
Entimemalar uch turli bо‘ladi:
1. Katta asosi tushirib qoldirilgan.
2. Kichik asosi tushirib qoldirilgan.
3. Xulosasi tushirib qoldirilgan.
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bо‘lsin:
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini о‘rganadi.
Sobirov falsafa fakultetining talabasi.
Sobirov mantiq fanini о‘rganadi.
Endi bu sillogizmni entimema kо‘rinishiga keltiramiz:
1. Sobirov falsafa fakultetining talabasi bо‘lganligi uchun mantiq fanini о‘rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini о‘rganadilar, shu jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini о‘rganadilar, Sobirov esa shu fakultetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik san’atida keng qо‘llaniladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə