Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə100/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193
Falsafa

Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bо‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmi yoki mazmuniga kо‘ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bо‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bо‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bо‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bо‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bо‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bо‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yordamida ifodalash mumkin.





S

M

P

S

P

M

ёки



Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi tо‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlar ham taalluqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Tafakkur shakllari obyektiv xususiyatga ega.
Tushuncha tafakkur shaklidir.
Tushuncha obyektiv xususiyatga ega.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi о‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bо‘lgan narsalar buyum, hodisaning о‘ziga ham ziddir.
Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni о‘zaro uzluksiz, obyektiv bog‘langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikka juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik juz’iylik, umumiylik xislatiga ega bо‘lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining о‘zaro uzviy bog‘langanligi, ya’ni buyumlar jinsi ayrim о‘ziga xos belgiga ega bо‘lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buyumlar uchun ham xos belgi bо‘lishini ifodalaydi. Bular esa, о‘z navbatida, yakkalik va umumiylik hamda miqdor va sifat о‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida о‘ziga xos namoyon bо‘lishidir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə