E-univer. Adti. Uz мавзу : O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi, ogirlashuvlari, olim sabablari



Yüklə 347,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix27.05.2023
ölçüsü347,12 Kb.
#113561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
12 - Nazariy material




E-UNIVER.ADTI.UZ
МАВЗУ : 
O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi,
ogirlashuvlari, olim sabablari.
Vabo
— 
otkir infektsion kasallik bo'lib, meda-ichak yo'lining zararlanishi, suv-tuz 
almashinuvining buzilishi va organizmning suvsizlanib qolishi bilan tariflanadi.
Bukasallikantroponozlar, yani insondagina uchraydigankasalliklar jumlasiga 
kiradi, haddan tashqari yuqumli bo'ladi va o'ta xavfli infeksiyalardan biri bo'lib 
hisoblanadi. Hozir vaboning ikki xili klassik vabo, ya’ni Osiyo vabosi va El-Tor 
vabosi tasvirlangan. 
Etiologiyasi va patogenezi. 
Osiyo vabosining qo'zg'atuvchisi Kox vibrioni, 
El-Tor vabosining qo'zg'atuvchisi esa El-Tor vibrionidir (76-rasm). Bular kasal- 
larning axlati va qusuq massalarida, me’da-ichak yo'li suyuqligi va safro, yam 
o'tda hamisha topiladi. El-Tor vibrioni Kox vibrioniga qaraganda birmuncha 
yengilroq tusda o'tadigan kasallikni keltirib chiqaradi, o'limga kamroq sabab 
bo'ladi. 

Vabo vibrioni xolerogen deb ataladigan enterotoksin ishlab chiqaradi, bu 
toksin oqsildan iborat bo'lib, unda immunologik jihatdan bir-biridan farq qila- 
digan ikkita fragment bor. 
Vabo qo'zg'atuvchisining ko'payish joyi odamning ichagi, kasallik manbai 
esa bemor odam yoki vibrion tashib yuruvchi kishidir. El-Tor vibrionining 
yashay- digan, ko'payib va to'planib boradigan oziq muhiti, ochiq suv 
xavzalarining gid- robiontlari bo'lishi mumkinligi so'nggi yillarda aniqlangan. 
Infeksiyaning o'tish mexanizmida vabo vibrionlarining ifloslangan suv yoki 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga me’da-ichak yo'liga tushishi asosiy o'rin 
tutadi. Kasallik kontakt yo'li bilan ham yuqishi mumkin. Vabo epidemiyalar va 
pandemiyalar ko'rinishida tarqaladi. 

Yüklə 347,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə