E-univer. Adti. Uz мавзу : O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi, ogirlashuvlari, olim sabablari



Yüklə 347,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix27.05.2023
ölçüsü347,12 Kb.
#113561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12 - Nazariy material

Patologik anatomiyasi. 
Toun mahalida ro‘y beradigan patologik ozga- 
rishlarning asosida toun mikroblarining toqimalarda to'xtovsiz ko‘payib borib, 
o‘tkir gemorragik yallig‘lanishga sabab bo'lishi yotadi. Jarayonning olgan joyi va 
tounning klinik o‘tishiga qarab bu kasallikning quyidagi xillari tafovut qilinadi: 
1) teri touni, 2) teri-bubonli toun, 3) bubonli toun, 4) birlamchi o‘pka touni, 
ikkilamchi opka touni, 6) ichak touni, 7) tarqoq, yani birlamchi-septik va ik- 
kilamchi — septik toun.rasm. Bo'yin va jag‘ burchagi sohasidagi toun buboni. 
Teri touni
(tounning terida bo‘ladigan xili) — o'zgarishlar dastlab kasallik 
qo‘zgatuvchisining organizmga kirgan joyida boshlanadi. Osha joyda oldin 
burga chaqqaniga o‘xshash qizil nuqta paydo bo‘ladi. Keyinchalik u kattalashib, 
markazidagi epidermis ko'tarilib chiqadi va yiringli-gemorragik ekssudat bilan 
to'lib turgan pufakcha (pustula) hosil bo‘ladi. Mana shu yallig‘lanish ekssuda- 
tida bir talay toun tayoqchalari topiladi (birlamchi fliktena). Pustulalar ba’zan 
bir-biriga qoshilib, nekrozga uchraydigan va yara bo'lib ketadigan konglomerat 
hosil qiladi (birlamchi affekt). 
Bubonli toun.
Yallig'lanish jarayoni infekt tarqalib borgan yo'ldagi limfa 
tugunlarida boshlanib, juda o‘tkir gemorragik nekrotik limfadenit 
ko'rinishidauvj olib boradi. Bubonlar birinchi kunning ozidayoq, aksari chov va 
son, goho bo'yin sohalarida paydo bo‘ladi. Bolalarda odatda qo‘ltiq osti 
sohasidan joy oladi. 
Patogenetik jihatdan quyidagilarni tafovut qilish rasm bo‘lgan: 1) regionar 
Iimfa tugunlari zararlanishidan paydo bo'ladigan birinchi tartibdagi birlamchi 
bubonlar; 2) regionar Iimfa tuguniga yaqin joylashgan Iimfa tugunlari zararlan- 
ganida yuzaga keladigan ikkinchi tartibdagi birlamchi bubonlar; 3) infeksiya 
gcmatogen yo‘l bilan tarqalib borganida yuzaga keladigan ikkilamchi yoki ge- 
malogen bubonlar. 
Bubonlar, odatda tovuq tuxumidek yoki ortacha olmadek keladi, ba’zan 
kat- taroq bo'ladi. Xamir singari berch bo'lishi bilan ajralib turadi. Bubon 
ustidagi teri tarang tortilib, yaltillab turadi, odatda harakatchan bo'ladi, ba’zi 
hollarda yara bo'lib ketadi. 
Limfa tugunlari kesib ko'rilganida toqimasi bo
l
rtib, yumshab qolgan va toq 
qizil rangga kirgan bo‘ladi. Limfa tugunlari atrofidagi kletchatka shishib, qon 
hujayralari bilan infiltrlanadi (periadenit boshlanadi). Ba’zan ularda har xil kat- 
talikdagi nekroz ochoqlari topiladi. Jarayon bir qadar bexatar o‘tgan 
mahallarda nekrotik limfadenit yiringlab irish davriga kiradi. Shuningdek, 
bubonlar o‘tkir gemorragik nekrotik limfadenit va periadenit manzarasini 
namoyon qiladi (77- rasm). Mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida limfa 
tugunlar toqimasida bir talay toun mikroblari, anchagina qon, kichik-kichik 
limfoid toqima orolcha- lari topiladi, shu orolchalardagi saqlanib qolgan 
hujayralar orasida nekrobioz o'choqlarini ko‘rish mumkin. Atrofdagi to‘qima 
qontalashib, juda shishib ketadi va unda bir talay toun mikroblari bo'ladi. 
Bubonlarning paydo bo'lishi bakteriemiya va toksemiya bilan birga da- 
vom etib boradi, shu narsa yurak-tomirlar, nerv sistemasi va organizmdagi 
boshqa muhim sistemalarning zararlanishiga olib keladi. Bubonlar shakllanib 



bo'lganidan keyin ularning bir yoqli bo'lish davri boshlanadi, bu davr uch xil 
shaklda o'tishi mumkin: 
sorilib ketish, yiringlash, skleroz.
Tounning bubonli xilida miokardda distrofiya boshlanib, perikardga va en- 
dokard ostiga qon quyiladi. Tomirlarning devorlarida nekrozlar, qontalashlar, 
yalliglanish 
infiltratsiyasi, 
endoteliy 
hujayralari 
proliferatsiyasi, 
deskvamatsiya- si, nekroz kozga tashlanadi. Buyrak usti bezlarida 
qontalashlar, nekrobioz qayd qilinadi, mikrob to‘dalari topiladi. Boshqa 
organlarda distrofiya va qon quyilish hodisalari seziladi. 
Taloq 1, 5—2 barobar kattalashib, kapsulasiga qon quyiladi, pulpasi sidirib 
ko‘rilganida koplab kochib chiqadi. 
Ikkilamchi toun pnevmoniyasi
bubonli tounning xatarli asoratlari jumlasiga 
kiradi va tabiatan bronxopnevmoniyaga oxshaydi. Yalliglanish ochoqlari seroz- 
gemorragik tusga kirib, plevra tagidan joy oladi. Ularning atrofida qon 
quyilgan va nekrozga uchragan joylar topiladi. Fibrinoz va fibrinoz gemorragik 
plevrit boshlanishi mumkin. Yuqori nafas yo‘Uaridagi o‘zgarishlar 
(giperemiya, nuqta- nuqta bo‘lib qon quyilgan joylar) sust ifodalangan bo‘ladi. 
Toun pnevmoniyasi 
nekrotik jarayonga aylanib ketishi mumkin. 
Birlamchi opka touni
nihoyat da- 
rajada og‘ir o'tadi va aksari o'choqli tusda (bronxopnevmoniya tarzida) boladi. 
Bu kasallikni ajratib turadigan belgilari uning haddan tashqari tez boshlanib, 
juda tez avj olib borishi, nihoyatda og‘ir intoksikatsiyabolishi (bu intoksikatsiya 
kasallikning dastlabki davridayoq boshlanadi) va bemorni tez orada o'limga olib 
borishidir. Toun pnevmoniyasining ochoqlari paypaslab ko‘rilganida qat- tiqqina 
dumaloq tuzilmalar ko‘rinishida qo'lga oson unnaydi, kesib ko'rilganida 
do'mpayib chiqadi. Juda ko'pchilik hollarda plevra ham yallig'lanish jarayoniga 
qo'shilib ketadi (fibrinoz, fibrinoz-yiringlip levrit) plevra bo^hliqlarida seroz, 
seroz-yiringii yoki yiringli ekssudat paydo bo'lishi mumkin. 
Opka touni epidemiyalari mahalida pnevmoniya tabiatan lobar tusda bo'lib, 
makroskoplk jihatdan olganda krupoz pnevmoniyadan kam farq qiladi. Odatda 
opkaning bir yoki bir nechta bolagi zararlanadi. Bunda hamisha plevra ham 
yalligianish jarayoniga qoshilib ketadi (lobar plevro-pnevmoniya). To'qima kesib 
kohilganida qo'ngir qizil yoki sarglsh qizi! rangda boladigan yuzasidan qon 
aralash loyqa yoki qaymoqqa o'xshab ketadigan yiringsimon suyuqlik oqib 
tushadi, bu suyuqlik sof toun qo'zg^tuvchisi kulturasidan iborat boladi. 
Tounga aloqador lobar pnevmoniyaning ayj olib borishida: 1) seroz-gemor- 
ragik ekssudatsiya, 2) leykositar ekssudatsiya, 3) nekrotik o'zgarishlar davri ta- 
fovut qilinadi. 
Birinchi davrda
keskin ifodalangan giperemiya boshlaib, alveolalarning 
bo'shliqlarida seroz-gemorragik ekssudat topiladi. Bu boshliqlarning ba’zilarida 
eri trots ill ar aralashmasi shuncha ko'p bo'ladiki, ekssudat alveolalar ichiga qu- 
yilib qolgan qonga o'xshab turadi. Bronxlar atrofidagi va plevra tagidagi ekssu- 
datda toun mikroblari to'dalari topiladi. 
Ikkinchi davrda
polimorf yadroli leykotsitlar ko'payib, alveolalar bo‘shhg‘ini 
butunlay to'ldirib qo'yadi, shu munosabat bilan ekssudat tabiatan yiringga 
o'xshab qoladi. 



Uchinchi davrda
pnevmoniya ochoqlarida alveolalarning devorlari, kapillar- 
lari va ekssudat hujayralari nekrotik o'zgarishlarga uchraydi. Yalligianish fokus- 
larida faqat fibrinolitik xossalariga ega bo'lgan toun mikroblari topiladi, shuning 
uchun ham ekssudatda fibrin hamisha ham bolavermaydi. Traxeya va yirik 
bronxlarning shilliq pardasi keskin giperemiyaga uchrah, qonga to'lib turadi, 
qonga o'xshab ketadigan ko'pikli suyuqlik bilan qoplanib turadi. Tomoq, halqum 
va bodomcha bezlari ham qizarib ketganligi ustiga ularda nekroz ochoqlari 
topiladi. 
Paratraxeal va bronxial limfa tugunlari kattalashib, qonga to'lgan, yumshoq 
va sershira bo'ladi. Ularning sinuslarida bir talay toun mikroblari uchraydi. 
Tounning septik (birlamchi va ikkilamchi) xili
regionar limfa tugunlari- ning 
baryerlik funktsiyasi yetarli bo'lmaydigan, fagotsitoz pirovardigacha 
bormaydigan va kasallik qozgatuvchisi turli organ va to'qimalarda zo'r berib 
ko‘payaveradigan mahallarda kasallikning septik xillari boshlanadi: 1) birlamchi 
septik xili (bunda odamga kasallik yuqqanidan keyin jarayon darhol zo'rayib, 
tarqala boshlaydi), 2) bubonli toun yoki birlamchi opka touni ustiga boshlana- 
digan ikkilamchi septik xili shular jumiasidandir, 
Birinchi holda tounning pnevmoniya va bubonlar korinishidagi tipik belgi- 
lari bo'lmaydi. Kasallik sepsisga xos klinik-anatomik belgilar bilan tariflanadi. 
Diagnozi epidemik koYsatkichlarga va qondan toun mikrobiarini ajratib olish 
imkoniyatiga asoslanadi. Murda yorib koYilganida topiladigan o'zgarishlarda 
toun uchun xarakterli hisoblanadigan qanday bo'lmasin belgilar bTounning ichakni zararlaydigan birlamchi xili
ingichka va yogon ichak de- 
vorlarida qon quyilishi, ichak tutqichidagi regionar limfa tugunlarining kattala- 
shuvi, ularda gemorragik-nekrotik limfadenit boshlanishi bilan ta'rifianadi. Ichak 
suyuqligida bir talay toun tayoqchalari topiiadi, 

Yüklə 347,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə