E-univer. Adti. Uz мавзу : O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi, ogirlashuvlari, olim sabablari



Yüklə 347,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix27.05.2023
ölçüsü347,12 Kb.
#113561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12 - Nazariy material

Patologik anatomiyasi. 
Kuydirgi kasalligi odamda infeksiyaning qay tariqa 
yuqqaniga qarab: 
teri, konyunktival, ichak va opka formalari korinishida
o'tishi 
mumkin. 
Kuydirgining teriformasida
patologik jarayon aksari badanning ochiq qismla- 
rida (yuz, bo'yin, qo‘l, oyoq panjalarida) boshlanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi 
kirgan joyda 2—3 kundan keyin kichikroq qizil dog* paydo bo
£
lib, 
birmunchavaqtdan keyin uning o'rtasida konusga oxshab ko'tarilib chiqadigan 
zichlashma yuzaga keladi. Ana shu konusning uchida 10—12 soatdan keyin tiniq 
gemor- ragik suyuqlik bilan to'lib turgan pufakcha paydo boladi. U yorilganidan 
keyin ornida qora tusli post yuzaga kelib, atrofi ancha shishadi va qizarib 
chiqadi — karbunkul paydo bo'ladi. Bu karbunkul ogYimaydi, diametri bir 
necha san- timetrgacha borishi mumkin. Bir qancha hollarda karbunkullar ko‘p 
bo'ladi. 
Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida karbunkul o‘tkir seroz-gemorragik 
yallig'lanish ochogidan iborat ekanligi ko‘zga tashlanadi. Yara sohasidagi 
epidermis va Lining tagidagi toqima qatlamlari nekrozga uchragan, ularga qon 
singigan bo'Iadi. Terining yaqin atrofidagi joylari ham shishib, neytrofil infil- 
tratsiya, qon quyilib qolgan joylar yuzaga keladi. Ekssudatda bir talay kuydirgi 
tayoqchalari, biroz miqdor leykositlar topiladi, ba’zi hollarda fagotsitar reak- 
tsiya belgilari bolmaydi. Shish har xil darajada bo'lib, katta-katta joylarga o'tishi 
mumkin. Bazan tomir devorlari nekrozga uchrab
t
tomirlarda tromboz paydo 
bo'ladi. Karbunkul paydo bo'lishi bilan bir vaqtda regionar limfa tugunlari zarar- 
lanib, ularda juda o‘tkir seroz-gemorragik yallig‘lanish manzarasi yuzaga keladi 
va yallig'lanish jarayoni atrofdagi kletchatkaga ham o‘tib boradi (nekrozga olib 
keladigan seroz-gemorragik limfadenit va periadenit boshlanadi). 
Kuydirgida teri zararlanishining boshqa bir shakli saramasga o'xshab 
ketadi- gan o'tkir yallig lanishga aloqador shish boshlanib, uning regionar limfa 
tugun- lariga ham o‘tib borishidir. Mikroskop bilan tekshirib korilganida 
zararlangan toqimalarda seroz-gemorragik yallig'lanish manzarasi kozga 
tashlanadi, batsil- lalar juda ko
f
p bo4adi. 
Shunday qilib, kuydirgi teri formasining yuqorida tasvirlab o'tilgan xillarida 
terida paydo bo'ladigan dastlabki kasallik alomati (karbunkul, shish) va limfa- 
denitdan iborat birlamchi kuydirgi kompleksi yuzaga keladi (78-rasm). Limfa 
tugunlarining kasallikka qarshilik ko'rsatuvchi togoni, yani baryeri buzilib 
ketgan hollarda kuydirgi tayoqchasi qonga o‘tib, sepsis boshlanadi (ikkilamchi 
kuydirgi sepsisi 


11 
Kuydirgining dpka formasi
kuydirgi sporalari yuqib qolgan chang zar- ralari 
odam nafasiga ldrganida boshlanadi. Bunda kuydirgi sporalari nafas yo‘llarining 
turli qismlarida otirib qolishi mumkin, lekin bularning hamrna- dan ko‘p 
o'rnashib oladigan joyi traxeya bifurkatsiyasi sohasidagi shilliq parda- dir. 
Mikrob yuqqan joyda karbunkul paydo bo'lib, bo'yin va ko'ks oralig'idagi limfa 
tugunlarida xarakterli seroz-gemorragik va nekrotik o'zgarishlar boshlanadi. 
Traxeya va bronxlarning shilliq pardasi gungurt-qizil tusga kirib, xira bo‘lib 
qoladi, eroziyalanadi. O'pkada nekrozga moyil bo‘lgan seroz-gemorragik 
pnevmoniya boshlanadi. O'pka to'qimasining qancha qismi zararlanishiga qa- 
rab, bu pnevmoniya o'choqli, segmentar yoki bo'iak pnevmoniyasi bo'lishi 
mumkin. Ko'pincha, seroz-gemorragik mediastenit va plevrit boshlanib, plevra 
bo‘shliqlarida seroz-gemorragik ekssudat to'planib boradi. Bronx-o‘pka, traxeya 
oldi va traxeya-bronxlardagi limfa tugunlari kattalashib ketadi. Kuydirgi tufayli 
boshlangan pnevmoniya morfologik jihatdan olinganida tounning o'pka shak- 
liga juda o'xshab ketadi, shu munosabat bilan differensial diagnostika 
maqsadida bakterioskopik tekshirish o'tkazish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Kuydirgining ichak formasi.
Kasallik alimentar yo'l bilan yuqqanida dastlabki 
o'zgarishlar yonbosh ichakning distal bo'limida, gohida esa ileosekal qopqoq 
orqasida va me’dada boshlanadi. Kuydirgi tufayli ichak zararlanishining ikki xili 
tafovut qilinadi: 
diffuz gemorragik enterit va kasallikningуarali formasi.Kasallikning 
yarali formasida
hazm yo'Li hozir aytib o'tilgan bo'limlarning devorida o'choqli 
infiltratlar (birlamchi karbunkullar) paydo bo'Iadi, ularda nekrotik jarayonlar 
boshlanishi yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Gemorragik enteritda
shilliq parda 
xira tusga kirib, dogsimon qontalashlari bo‘lgan kulrang karash bilan qoplanib 
turadi. Ichak tutqichi limfa tugunlari kattalashib ketadi va paketlar ko'rinishiga 
kiradi. Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida ichak de- vorining hamma 
qatlamlarida seroz-gemorragik yallig‘lanish boshlanib, tomir- lar devorida 
degenerativ nekrobiotik o'zgarishlar yuzaga kelgani topiladi. Ichak shilliq 
pardasining 
o‘z 
plastinkasida 
kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari 
ko'zga 
tashlanadi.
Kuydirgi sepsisi
kasalligining har qanday formasida jarayon tarqalib, 
kasallik qo'zgatuvchilari qonga o‘tib ketishi tufayli boshlanishi mumkin, ya’ni 
ikkilamchi hodisa bo'lib hisoblanadi. Bunda sezilarli gemorragik sindrom 
boshlanib, badan terisi, shilliq pardalarda bir talay qon talashlar, turli organlarda 
qon quyilib qolgan joylar paydo bo'ladi. Bundan tashqari, bakterial-toksik shok 
uchun xarakterli patologoanatomik o'zgarishlar yuzaga keladi: qonning suyuq 
bo'lib, to'q rangga kirishi, ichki organlarning qonga to'lib turishi, tomirlar ichida 
qon ivib qolishi, taloq kattalashib, pulpasining ilvillab qolishi, buyrak usti bezlari 
po'stlog'iga ham qon quyilishi shular jumlasidandir. Ko'pincha gemorragik 
meningoense- falit boshlanib, yumshoq miya pardasiga qon shimiladi, bu ham 
gemorragik yallig'lanish tufayli, ham qon quyilishiga (diapedez yo'li bilan qon 
quyilishi va tomirlar nekrozga uchrab, yorilishi natijasida qon quyilishiga) 
bog'liqdir. Miya to'qimasida nekrozga uchragan va qon quyilib qolgan joylar 
paydo bo'ladi. Nek- rotik jarayonlar tomirlar devorida ham ko'zga tashlanadi. 
Kuydirgi batsillalari- ning tomirlar atrofidagi limfa tugunlarida ko‘payib borishi 
xarakterlidir. Ney- ronlar distrofik o'zgarishlarga uchraydi, 


12 

Yüklə 347,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə