E-univer. Adti. Uz мавзу : O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi, ogirlashuvlari, olim sabablari



Yüklə 347,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix27.05.2023
ölçüsü347,12 Kb.
#113561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12 - Nazariy material

Patogenezi 
yetarlicha aniq emas. Vabo vibrionlari me’da-ichak yo'liga tush- 
ganidan keyin ingichka ichak bo'shlig'ida zo'r berib ko'payib boradi, degan 
nazariya ko'proq o'rinli bo'lib hisoblanadi. Vabo vibrionlarining kopayishi va 
yemirilib turishi bir talay enterotoksin ajralib chiqishi bilan birga davom etib 
boradi. Ichak shilliq pardasining epiteliysi shu toksin ta’sirida ko'p miqdor izo- 
tonik suyuqlik ajratib chiqaradi. Xolerogenning enterositlar ferment sistemalari 
bilan o'zaro ta’sir etishi natijasida shu xildagi suyuqlik gipersekretsiyasi 
kuchayib boradi. Enterositlardagi adenilatsiklazaning faol holga o‘tishi siklik 3, 



5-adenoz- inmonofosfat sintezi kuchayishiga olib keladi, shu modda nechog‘lik 
ko‘p hosil bolsa, ichak sekretsiyasining ishlanib chiqishi ham shuncha ko‘payadi. 
Bunda hujayraning «natriy nasosi» ishdan to‘xtab qoladi, natijada ichak yo'lidan 
suyuq- likning qayta so'rilishi izdan chiqadi. Suyuqlikning mo‘l-ko‘1 ishlanib 
chiqishi va qayta so‘rilishining deyarli yoqolib ketishi shirillab ich ketib turishiga 
olib keladi. 
Kasallik mahalida birdan izotonik degidratatsiya boshlanishi vabo patogene- 
zining muhim bo‘g‘ini bo'lib hisoblanadi, bu hodisa tomirlarda aylanib yurgan 
qon hajmining kamayib ketishi (gipovolemiya), arterial bosim pasayishi, ge- 
modinamik o‘zgarishlar boshlanishi va toqima metabolizmining izdan chiqishi 
bilan birga davom etib boradi. Bu esa o‘z navbatida sezilarli oliguriya bilan 
otadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga, organizmdagi bir qancha muhim 
sistemalar funktsional holatining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, va- 
boda elektrolitlar (kaliy, natriy, xlor) yo'qolib boradi. Chunonchi, organizmda 
kaliy yo'qolib, awalgi miqdorining 1/3 qismigacha tushib qolishi mumkinki, bu 
narsa miokard funktsiyasi izdan chiqib, buyrak tubulyar apparatining 
buzilishiga, ichakda muskullarning juda zaifligi bilan o‘tadigan parez 
boshlanishiga olib keladi. Oliguriya ham tobora kuchayib boradi. 
75-
rasm. El-Tor vabo vibrionining ultrastrukturasi (B. Aliev, 1980). 
Sanarelli fikriga qaraganda, vibrionlar ichakka tog'ridan-to'gVi tushmay, bal- 
ki gematogen yo‘l bilan o'tadi, ayni vaqtda burun-halqum halqasidagi bodomcha 
bezlari infeksiyaning kirish darvozalari bo'lib xizmat qiladi. Vibrionlar burun- 
halqum xalqasining limfa sistemasida kopayib olib, keyin qon oqimiga tushadi. 
Vibrionlarning ichakka o‘tishining o‘zida ikkita davr tafovut qilinadi: 1) vibri- 
onlarning ichak devori bag'riga gematogen yo‘l bilan o‘tib borishi; 2) 
vibrionlarning tinmay ichak yo'liga tushib turishi. Vaboning klinik sindromi 
vibrion tasirida sensibillangan ichakning allergik reaktsiyasidir deb hisoblanadi. 
Ayni vaqtda vibrionning o‘zi emas, balki ichak tayoqchasi hal qiluvchi omil 
hisoblanadi. Demak, vaboda ichakka aloqador hodisalarning avj olib borish 
mexanizmi, Sanarelli fikriga ko‘ra, bevosita enterogen mexanizm bo‘lmay, balki 
nevrogen- gematogen mexanizmdir. 
Patologik anatomiyasi. Vaboda ro'y beradigan struktura o'zgarishlarming 
tabiatiga va bu kasallikning klinik o'tishiga qarab, uning avj olib borishida uch 
davr tafovut qilinadi: I) vabo enteriti, 2) vabo gastroenteriti, 3) algid davri. 
Vabo 



enteriti
davrida ingichka ichak devorida boshiarigan seroz-gemorragik 
yallig'lanish manzarasi kuzatiladi. Ichak shilliq pardasi shishib, qonga to
l
lib 
turadi, qon quyilgan joylar paydo bo'ladi, shilimshiq ko‘p ishlanib chiqadi 
(giper- sekretsiya). 
Vabo gastroenteritida
jarayon me’daga ham o'tib, me’da shilliq 
par- dasida ham seroz-gemorragik gastrit manzarasi ay) olib boradi. 
Algid 
davrida 
o'zgarishlar hammadan ko‘p ifodalangan bo'ladi. Ingichka ichak shilliq 
parda- sidagi distrofik o‘zgarishIar kuchayib, epitelial hujayralar vakuollanadi, 
mik- rovorsinkalarini yo'qotadi, bir qismi ko‘chib tushadi (deskvamatsiya). 
Shilliq parda limfotsitlar va plazmatik hujayralar bilan infiltrlanadi. Bemorlar 
ko'pincha kasallikning algid davrida o‘lib qoladi. O'lganlarning koYinishi juda 
xarakterli bo'ladi. Odam ancha ozlb, ayniqsa, lunjlari va ko'zlari ich-ichiga tortib, 
burni bilan engagi cho‘chchayib chiqib qoladi. Tishlari qisilgan, qorni ichiga 
tortgan, muskullarining konturlari juda bilinib turadigan bo'ladi, murdaning 
hamma muskullari yogbchday qotib qoladi. Shunga koYa olgan kishining jasadi 
juda kuchli, muskullari baquwat odam jasadiga oxshaydi (gladiator vaziyati). 
Turli to'qimalar ko'zdan kechirilganida ularning suvi qochib, badan terisi, 
ayniqsa qol barmoqlari terisi quruq, ajin bosgan bo'ladi (kirchi ayol qo
£
li). 
Barmoqlar bukilgan bo'lib akusher qoliga oxshab ketadigan holatda turadi, 
muskullar qat- tiq va qoraygan bo'Iadiu Seroz pardalar quruq bo'lib, sovun surib 
qo'yilgandek sirg'anchiq shilimshiqsimon yupqa karash bilan qoplanadi, bu 
pardalarga qo‘1 urilsa, o‘sha shilimshiq ingichka iplar ko'rinishida cho'zilib 
chiqaveradi. 
Vabo bilan ogYigan kasalda seroz bo'shliqlardagi suyuqlik, qon» 
quyuqlashib qoladi (angidremiya), periferik qondagi eritrotsitlar sonining 
kopayib qolishi (polisitemiya badishi) ham shundan darak beradi, 
Kasallik jarayoni avj olib borgani sayin ichakdagi patologoanatomik 
o'zgarishlar zoYayib boradi. Ichak juda dam bo'lib, devori shishadi va qonga 
to'lib turadi, ko'pincha qon talashlar ham paydo bo'ladi. Ichak foliikulyar 
apparati shi- shib chiqadi. Ichak shilliq pardasida karashlar ham paydo bo'ladi 
(vabo-dizin- teritik jarayon), shihiq pardaning burmalar uchidagi qismi safro 
bilan boyalib qoladi. 
Ichak suyuqligi juda kopayib, guruch qaynatmasi koYinishiga kirib qoladi, 
uning rangi oqish yoki go'sht seli rangida bo'ladi. Axlatning rangi ochadi. Mik- 
roskop bilan tekshirib koYilganida ichak suyuqligida kochib tushgan bir talay 
epitelial hujayralar, shilimshiq va g'ij-g‘ij vibrionlar topi lad i, Ichak shilliq 
pardasida vorsinkalar va Liberkyun bezlari epiteliysining ko'plab 
deskvamatsiyaga uchragani ko'zga tashlanadi. Epitelial qoplamdan mahrum 
bo‘lgan vorsinkalar gullab bo'lgan momaqavmoq o‘t boshchasiga o'xshab ketadi. 
Patologoanatomik tekshirish mahalida topiladigan boshqa o'zgarishlar jum- 
lasidan quyidagilarni aytib o
l
tish kerak; 1) o‘t pufagi ancha kengayib, shilliq 
pardasida kataral o'zgarishlar boshlanadi. OY suyuqligi tiniq va och rangli bo'lib 
qo- ladi («oq safro»); 2) sfinkterlar falajga uchraydi (anusdan ikkita barmoq 
bemalol o'tadigan bo‘lib qoladi); 3) bosh miya va orqa miya nerv hujayralarida 
distrofik, nekrobiotik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi; 4) yurakning nerv tugunlariga 
shish kelib, ularga qon quyiladi va dezintegratsiya boshlanadi; yurak ilvillab 



qoladi; 5) nek- rotik nefroz kuzatiladi, buyrak shishib, qonga to'lgan bo'ladi, 
parenximasi kap- sula tagidan do‘mpayib chiqib turadi; 6) taloq kichrayib, 
kapsulasi bujmayib qoladi, bu narsa suv yoqolganini, yarn qon massasi kamayib 
qolganligini ko‘rsatadi. Taloq markaziy arteriyalari gomogenlashib, endoteliysi 
deskvamatsiyaga uchra- gan bo'ladi; 7) opkaning rangi ochib, quruqshab turadi, 
ba’zan unda qon quyi- lib qolgan joylar bo‘ladi. Bronxopnevmoniya boshlanib, 
ekssudatda vibrionlar topilishi mumkin. Bunda fibrin каш miqdorda topiladi, 
tomirlar devoriga fibrin singigan bo ladi. Epiteliy nekrozga uchrab, kochib 
tushadi. 

Yüklə 347,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə