E-univer. Adti. Uz мавзу : O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi, ogirlashuvlari, olim sabablari



Yüklə 347,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix27.05.2023
ölçüsü347,12 Kb.
#113561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12 - Nazariy material

Klinik manzarasi. 
Klinik jihatdan olganda vabo juda otkir gastroenterit 
simptomlari bilan tariflanadi. To‘xtovsiz ich ketishi boshlanib, bemor qusave- 
radi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi. Bu hodisalardan keyin ko‘p o‘tmay kollaps 
boshlanadi: badan terisi ko'kimtir rangga kirib, turgori yoqolib, ilvillab qoladi. 
Harorat pasayib, 35°S gacha tushadi (kasallikning algid, yani sovuq davri degan 
nom shundan olingan). Bemorning kozlari ich-ichiga tortib, talvasalar 
boshlanadi. Kasallikning algid davrida bazan kollaps manzarasi ustun turadi
gastroen- teritning tashqi ko'rinishlari esa bo'lmaydi. 
Vabo asoratlari spetsifik va nospetsifik asoratlarga bo'linadi. Spetsifik asorat- 
lari jumlasiga vabo tifoidi va vabodan keyin boshlanadigan uremiya kiradi. Vabo 
tifoidi hozir vibrionlarning takror yuqishiga javoban ro‘y beradigan giperergik 
reaktsiya deb hisoblanadi. Harorat 40° gacha ko'tarilib, bemor isitmalayotgan 
yoki koma holatiga tushgan kasalga o'xshab qoladi. Asosiy patologoanatomik 
o’zgarishlar yo‘g‘on ichakda bo'ladi, unda difteritik yallig'lanish boshlanadi 
(difteritik kolit). Taloq ham kattalashib, pulpasi giperplaziyaga uchragani holda 
unda infarktlar ro‘y beradi. Jigarda bo‘laklar orasidagi tomirlar tromboziga alo- 
qador nekroz ochoqlari paydo bo‘ladi. Buyrakda yarim o‘tkir ekstrakapillar glo- 
merulonefrit va nekrotik nefroz manzarasi kuzatiladiki, shu narsa vabo tifoidida 
ko'riladigan uremiyaga olib keladi. Ikkinchi asorat paydo boTishi — vabodan 
keyin uremiya boshlanishi buyraklarning po'stloq moddasida infarktga o‘xshash 
bir talay nekrozlar paydo bo‘lishiga bog'liq. 
Vaboning nospetsifik asoratlaridan pnevmoniya, abtsesslar, flegmona, sara- 
mas, sepsisni aytib o‘tish kerak. Vabo bilan og'rigan kasallar 
o'limining sababi 
suvsizlanish, koma, uremiya, intoksikatsiyadir. 
TOUN
 
Toun (o'lat) — juda o'tkir infektsion zoonoz kasallik bo lib, organizmda og‘ir 
intoksikatsiya va badan terisi, limfa tugunlari, o'pkada xarakterli yallig'lanish ja- 
rayonlari boshlanishi bilan o'tadi. O'ta xavfli infeksiyalar (karantinli, konvension 
infeksiyalar) jumlasiga kiradi.
 

Yüklə 347,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə