E-univer. Adti. Uz мавзу : O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi, ogirlashuvlari, olim sabablari



Yüklə 347,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix27.05.2023
ölçüsü347,12 Kb.
#113561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12 - Nazariy material

Etiologiyasi va patogenezi. 
Toun qo'zgatuvchisi — Iersinia pestis gemor- 
ragik septisemiyalar qo‘zg‘atuvchilari guruhiga kiradi. Sporalar hosil qilmaydi. 
Toun kasalligini tashib yuruvchi asosiy jonzotlar kemiruvchilardir, shu hayvon- 
lar bu kasallikning tabiiy o'choqlarida to‘xtovsiz epizootiyalar bo'lib turishini 
ta’minlaydi va toun qozgatuvchilarining rezervuari bo'lib hisoblanadi. Suvsarlar, 
kulrang va qizil sug'urlar, qumsichqonlar, kichik yumronqoziq ana shunday 



hay- vonlar jumlasiga kiradi. Infeksiyaning tabiatda saqlanib qolishida alohida 
o‘rin tutadigan ikkinchi darajali kasallik tashuvchi hayvonlar uy sichqonlari
oddiy dala sichqonlari, kalamushlardir. Uy hayvonlaridan tuyalar va mushuklar 
toun bilan og'riydi. Odamlar ham tounga juda beriluvchan bo‘ladi. Shu 
munosabat bilan bu kasallik bilan og'rish hollari asosan tounning tabiiy 
o'choqlari joylashgan hududlarda yashovchi aholi orasida qayd qilinadi. Kasallik 
tabiiy ochog'ining Markaziy Osiyodagi tog‘ mintaqasi Pomir va Oloy tog'larining 
bir qancha joyla- rini o‘z ichiga olsa, tekislik mintaqasi Markaziy Osiyodagi 
sahro va yarim sahro- lar hududida joylashgandir. O'zbekistonda Buxoro va 
Qashqadaryo viloyatlarida tounning tabiiy ochoqlari bor. 
Tabiiy ochoqlarda kasallik transmissiv, kontakt, alimentar va aspiratsion 
yo‘Ilar bilan, shuningdek ikkilamchi tartibda ifloslangan narsalar orqali yuqadi. 
Infeksiyaning kemiruvchi hayvonlardan transmissiv yo‘l bilan odamga yuqishi- 
da har xil yowoyi kemiruvchi hayvonlarning ektoparazitlari bo'lmish burgalar 
ayniqsa ahamiyatlidir. Kemiruvchi hayvonlar va kasal tuyalarga bevosita yaqin 
yurilganida (kasal tuyaning terisi shilinganida, go‘shti nimtalanganida). Ham 
infeksiya odamga yuqib qolishi mumkin. Tounga aloqador birlamchi yoki 
ikkilamchi pnevmoniya bilan og'rib yurgan odamlar ham kattagina xavf 
tug‘diradi, chunki kasallardan tushadigan balgamda juda ko‘p toun mikroblari 
bo'ladi. Kasallikning tabiiy ochoqlari hududlarida toun epidemiyalari 
boshlanishida biologik omillar ma’lum ahamiyatga ega (kemiruvchi hayvonlar 
oYtasida bo‘lib turadigan epizootiyalar, kasallik qo‘zgatuvchisining virulentligi, 
burgalarning ko‘pligi). Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, masalan: 
turar joyning tabiiy toun ochoqlariga yaqinligi, kishilarning kasb-kori, aholining 
sanitariya- gigienik va madaniy saviyasi ham ahamiyatlidir. 
Kasallikning organizmda dastlab qayerdan boshlanishi asosan kasallik 
qo'zgatuvchisining kirish darvozalariga bog‘liq. Badan terisi va shilliq pardalar 
toun tayoqchasi o'tishiga bir qadar sust tosqinlik qiladi, shunga ko‘ra kasallik 
qo'zgatuvchisi kirgan joyda reaktsiya boshlanib, birlamchi affekt hosil boTishi 
mumkin. Tounning avj olib borishini uchta davrga ajratsa bo'ladi: 1) kasallik 
qo'zg'atuvchisining organizmga kirib olgan joydan limfa tugunlarigacha limfa 
orqali o‘tib borishi, 2) bakteriemiya — mikroblarning limfa tugunlaridan qon 
o'zanigacha tarqalishi, 3) septisemiya — infeksiyaning tarqalib avj olib borishi. 
Toun patogenezida ko‘pdan-ko‘p miqdordagi mikroblarning birdan 
ko'payib, tarqalib borishi, bo‘g‘imlar atrofidan joy olishi, barvaqt qon oqimiga 
tushib, og‘ir intoksikatsiyaga sabab bo‘lishi ayniqsa muhim ahamiyatga 
ega.Kasallikning o'tishida tomirlar apparati: kapillarlar, yirik qon tomirlari, bi- 
rinchi navbatda venalarning zararlanishi, qonni ivituvchi sistemaning buzi- lib, 
fibrinoliz kuchayib ketishi yetakchi rolni o'ynaydi. Biroq, toun patogenezi 
xususiyatlaridan biri shuki, bu kasallik qo'zib turishga moyil bo‘ladi, bu narsa 
kasallik qo'zgatuvchisining limfa tugunlarida uzoq saqlanib turishiga bog'liq. 
Infeksiya aerogen yo‘l bilan yuqqanida mikroblar bronx va bronxiolalar orqali 
togYidan-togri alveolalarga kirib boradi va shu narsa tounga aloqador pnev- 
moniya boshlanishiga olib keladi. Tounga aloqador pnevmoniyada bakteriemiya 
va jarayonning tarqalib borishi bubonli toundagidan kora ancha tezroq boshla- 



nadi. 

Yüklə 347,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə