Plevra varaqalarining yalligʻlanishi boʻlib



Yüklə 49,37 Kb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü49,37 Kb.
#180963
  1   2   3   4   5   6   7
Plevrit


Plevrit — plevra varaqalarining yalligʻlanishi boʻlib, plevra sathida fibrinsimon holat sodir boʻladi yoki uning boʻshligʻida ekssudat yigʻiladi. U odatda ikkilamchi kasallik — oʻpkadagi koʻpgina patologik jarayonlarning yoki kam hollarda plevra boʻshligʻiga yaqin turuvchi boshqa organ va toʻqimalar (koʻkrak qafasi, koʻks oraligʻi, diafragma, diafragma osti maydoni) kasalliklarning sindromi yoki acorati hisoblanadi. Birlamchi plevrit juda kam uchraydi va shikastlanish yoki plevra mezoteliomasi oqibati hisoblanadi. Quruq (fibrinsimon) va
ekssudatli (nam) plevritlar farqlanadi[1].
Etiologiyasi
Plevritlar, asosan, yuqumli va yuqumsiz yoki aseptik, kamroq allergiya paydo boʻladigan boshqa kasalliklarning asorati sifatida vujudga keladi. Ko‘pgina hollarda ko‘p sonli bakterial- pnevmokokkstreptokokkstafilokokk, virusli infeksiyalar, sil tayoqchasi, etiologik omil hisoblanadi. Brutselloz, ich terlama zaxmexinokokk, xavfli o‘smalar, limfogranulematoz, shikastlar, plevra ichiga qon quyilganda, o‘pka
infarktida, hiriktiruvchi toʻqima kasalliklarida — revmatizm, qizil yugurik, qon yaratilishi sistemasi, buyraklar, jigar va boshqa
kasalliklari bo‘lgan bemorlarda shakllanadi.
Quruq plevrit
Klinikasi
Quruq plevritning asosiy alomati nafas vaqtida yonboshida ogʻriq va quruq yoʻtal paydo boʻlishidir. Bemor har nafas olganida og‘riq seziladi, shuning uchun ular qisqa, yuzaki nafas olishga o‘tadi va bu hol nafas qisishidagidek tasavvur tugʻdiradi. Tana harorati yuqori yoki meʼyorda bo‘lishi mumkin. Harorat egri chizig‘i xarakteri maʼlum darajada infeksiya tabiati bilan belgilanadi. Bemor koʻzdan kechirilganda, koʻkrak qafasi shikastlangan,
yarmining harakati biroz chegaralanganini koʻrish mumkin. Yallig‘langan plevra ustini urib ko‘rish ko‘pincha og'riq keltirib chiqaradi. Auskultatsiyada plevraning yallig‘langan qismi ustida krepitatsiyani eslatuvchi plevra ishqalanish shovqini eshitiladi, bular orasidagi farq shundaki, krepitatsiya faqat nafas olish cho‘qqisida, plevraning ishqalanish shovqini esa nafas olish va chiqarish fazalarida eshitiladi. Quruq plevritda rentgenologik tekshirish diafragma yonida pastki yon qismlarida hammadan koʻra ko‘proq seziladigan juda yengil
gomogen soya borligini ko‘rsatib beradi. Kasal tomonda diafragma harakatlarining baʼzida orqada qolishi ko‘riladi. Quruq plevrit, odatda, I —2 hafta davomida odamning sog‘ayib
ketishi bilan tugallanadi, og‘iq bosilib, harorat normal bo‘lib qoladi. Lekin bu kasallik uzoq davom etib, bitishmalar paydo boʻlishi va plevraning bir-biriga yopishib qolishiga ham olib kelishi mumkin.
Ekssudativ plevrit

Yüklə 49,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə