Plevra varaqalarining yalligʻlanishi boʻlib



Yüklə 49,37 Kb.
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü49,37 Kb.
#180963
1   2   3   4   5   6   7
Plevrit

Klinikasi
Ekssudativ plevrit bilan og‘igan kasallar nafas olish vaqtida og‘iq turishi, quruq hamda ogʻriqqa sabab boʻladigan yo‘tal, isitma, darmon qurishidan noliydi. Kasallik ko‘pincha et uvushishi va haroratning yuqori ko‘tarilishi bilan birdan boshlanadi. Harorat 2—3 hafta yuqori bo‘lib turishi mumkin. Plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdori ortib borgan sayin og‘riq bosiladi, bansirash esa kuchayadi. Shu bilan bir vaqtda darmon qurishi va umumiy holsizlik ortib boradi. Bemor koʻzdan kechirilganda terisi oqargan bo‘lib ko‘rinadi. Kasalning holati majburiy bo‘lishi mumkin. Ekssudativ plevrit endigina avj olib kelayotgan paytda bemor, asosan, sog‘lom tomonini bosib yotadi, ekssudat paydo bo‘lganidan keyin esa kasal
tomoni bilan yotishni afzal ko‘radi, chunki bunda nafas vaqtida ogʻriq kamayadi. Bemorning majburan oMirib olganligi ko‘ks oralig‘ining surilib qolganini yoki perikardda ekssudat borligini ko‘rsatadigan alomat bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Nafas tezlashgan bo‘lib, ko‘pincha og‘riq bilan o‘tadigan quruq yoMal tufayli uzilib turadi.
Ekssudat toʻplanib qolgan joyda ovoz tebranishi xiyla susayadi. Ekssudativ plevritda juda muhim alomat yurakning sog‘lom tomonga surilib qolishidir. Bunda yirik tomirlaming bosilishi va surilib qolishi tobora zo'rayib boradigan gipoksiya, sianoz, qattiq hansirash, bo‘yinturuq venalarining tepib turishi bilan birga davom etishi mumkin. Perkussiya qilib ko‘rilganda, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdorining tez koʻpayib borishi perkutor tovushning sezilarli darajada kalta tortib qolishiga sabab bo‘ladi, shu bilan birga,
suyuqlikning ustki chegarasi rentgenologik tekshirishda yaxshi koMinib turadigan qiyshiq chiziqni (Ellis-Damuazo-Sokolov) hosil qiladi.
Laboratoriya tahlili
Leykositozeritrotsitlar cho‘kish tezligining oshishi, eozinofiliya, limfopeniya va gemoglobinning o‘zgarishi aniqlanadi. Pirke reaksiyasi (silni aniqlash uchun teriga
qoʻyiladigan allergik sinama) koʻpincha musbat natija beradi.
Davolash
Bemorlar ixtisoslashgan kasalxonalarga qabul qilinib, eng aw alo, oʻringa yotqizilishi kerak. Shikastlangan plevrani qimirlatmaslik uchun o‘pka harakati chegaralanadi, buning uchun
kasal yonboshlab yotishi yoki ko‘krak qafasini chuqur nafas chiqarish fazasida qattiq bog‘lab qoʻyish tavsiya qilinadi. Bemorlar ovqatni tez-tez, oz miqdorda yeb turishi kerak. Ovqat
yuqori kaloriyali, vitaminlarga, ayniqsa, A hamda B, C guruh vitaminlariga boy bo‘lishi lozim. Bu vitaminlarbemorlarga preparat shaklida ham buyuriladi. Shuningdek, kislorod terapiyasi va kompleksiga asosan, nafas gimnastikasi kiradigan davolash fizkulturasi tavsiya etiladi: davolash gimnastikasi ekssudatning surilishiga yordam beradi va plevrada
chandiq hosil bo‘lishining oldini oladi. Muhim davo chorasi plevrani punksiya qilish, yaʼni plevra bo‘shlig‘idan ekssudatni chiqarib tashlashdir
Plevra nima? Plevra ikkita o'pkaning har birini o'rab turgan nozik membranadir. Plevrani tashkil etuvchi mezotelial hujayralar varaqlari asosiy funktsiyaga ega: ko'krak qafasi ichida o'pkaning harakatlanishini ta'minlaydigan, ishqalanishni kamaytiradigan yuqori yog'li suyuqlikni ajratish.
Anatomik nuqtai nazardan, o'pkani qoplaydigan va asab tolalari bo'lmagan visseral plevra bilan ko'krak qafasi, diafragma va mediastinaning ichki yuzasini qoplaydigan va uning o'rniga sezgir tolalarni o'z ichiga olgan parietal plevra o'rtasida farqlanadi.
Ikki varaq yuqorida aytib o'tilgan moylash funktsiyalari bilan 5 dan 10 ml gacha suyuqlikni o'z ichiga olgan bo'shliq bilan ajratilgan.
Suyuqlik statik emas, balki uzluksiz aylanishga tobe bo'ladi: parietal plevra tomonidan ishlab chiqariladi, u asosan pastki diafragma va mediastinal darajalarda joylashgan limfa kapillyarlari tomonidan qayta so'riladi.
Plevra bo'shlig'idagi gidrostatik bosim oshganda yoki onkotik bosim (plevra suyuqligida oqsillarning normal mavjudligidan kelib chiqadigan) pasayganda, suyuqlikning o'zida ko'tariladi, oqsillar kam bo'lib, transudat deb ataladi. yuqumli bo'lmagan plevra kasalliklarini tavsiflaydi.
Boshqa tomondan, limfa kapillyarlari tiqilib qolganda yoki o'zlari suyuqlik ajratganda, yallig'lanish va infektsiyaning barcha holatlarida bo'lgani kabi, oqsilga boy plevra suyuqligi hajmining oshishi ekssudat deb ataladi.

Yüklə 49,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə