Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə97/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   193
Falsafa

Xulosa chiqarish



Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga о‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning subyekti va predikatini ifodalaydi. XSP– xulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini о‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bо‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini о‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qо‘sh inkor sodir bо‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi kо‘rinishda yozish mumkin:

Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; ‑mas) kabi qо‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bо‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bо‘lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:









Xulosa asosi




Xulosa

1

A

Hamma S-P

YE

Hech bir S-Psiz emas

2

YE

Hech bir S-P emas

A

Xamma S emas P dir

3

I

Ba’zi S-P

O

Ba’zi S-P siz emas

4

O

Ba’zi S-P emas

I

Ba’zi S emas P dir

Aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qо‘shinkori uning tasdig‘i bilan tengdir ” degan qoida amal qiladi.


Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xarakterga ega.


YE. Hech bir ilmiy qonun subyektiv xarakterga ega emas.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə