Muhandislik-texnologiya


Miqdor va sifat o’zgarishlari birligi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə46/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193
Falsafa

Miqdor va sifat o’zgarishlari birligi. Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni o’rganar ekanmiz, ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsalar: sifat, miqdor va me ‘yor ekanini ko’ramiz.
Sifat deb, narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag’ishlaydigan, ularning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi narsa va hodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlar birligiga aytiladi.
Ma’lumki, tabiat va jamiyat juda ko’p xilma-xil narsalar, voqea va hodisalarning birligidan tashkil topgan. Ularning bunday xilma-xilligi narsa va hodisalar o’rtasidagi sifatiy tafovutlarning ifodasidir. Masalan, noorganik tabiat bilan organik tabiat sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Organik tabiat o’z atrofidagi muhit bilan uzluksiz modda almashinib turadi. Noorganik tabiatda bunday modda almashinish bo’lmaydi.
Sifat bir narsani ikkinchi bir narsadan ajratibgina qolmasdan, balki uning boshqa narsalar bilan bog’liqligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun muayyan sifatga ega bo’lgan narsa va hodisalarni bir-biridan ajratib, bir tomonlama o’rganish bilan chegaralanmay, balki ularni bir-biri bilan bog’laydigan umumiy xususiyatlari asosida ham o’rganish zarur. Agar organik tabiatdagi tirik organizmning atrof-muhit bilan modda almashinishi to’xtab qolsa, bu organizm halok bo’ladi, o’zining tiriklik sifatini yo’qotadi, chunki tirik organizmning tirikligi, undagi-hayotning mohiyati — modda almashinuvidan iborat.
Narsa va hodisalarning sifati, ularning xususiyatlari orqali namoyon bo’ladi. Har bir narsa yoki hodisa ko’pgina xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlardan bir qanchasi birikib, shu narsa yoki hodisaning muayyan sifatini tashkil qiladi. Narsa va hodisalarda xususiyatlar ko’p bo’lib, ularning muhim, nisbiy turg’unlarigina sifatni tashkil etadi. Sifat narsa va hodisaning mohiyati bilan bog’liq bo’ladi.
Narsa va hodisalar no muhim xususiyatlarini yo’qotishlari yoki yangidan hosil qilishlari natijasida muayyan sifatlarini o’zgartirmaydilar. Agar bu narsa va hodisalar o’zlarining muhim xusu­siyatlarini yo’qotsa yoki o’zgartirsalar, ular yangi sifatga o’tadilar. Masalan, benzin uchun rang muhim xususiyat emas. Benzin rangini yo’qotgani yoki boshqa rangga kirgani bilan u boshqa suyuqlikka aylanmaydi. Tez yonuvchanlik esa, benzinning muhim xususiyatidir. Benzin o’zining bu xususiyatini biror sabab bilan yo’qotsa, u dvigatel uchun boshqa kimyoviy moddaga aylangan bo’ladi.
Borliqdagi narsa va hodisalar bir-biridan nafaqat sifatlari bilan, balki miqdorlari bilan ham farqlanadilar. Ularning sifatlari doimo miqdorlari bilan birga mavjuddir.
Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor deb ataladi.
Narsa va hodisalarda miqdor turlicha ifodalanadi. Ularda miqdor bir holatda son tariqasida, ikkinchi holatda o’lchov darajasi tariqasida, uchinchi holatda esa narsa va hodisalarning makondagi o’zaro munosabati (uzunligi, kengligi, balandligi) tariqasida ifodalanadi.
Ijtimoiy hodisalarda ham sifat va miqdor birlikda bo’ladi. Masalan, bir ijtimoiy tuzum ikkinchi ijtimoiy tuzumdan ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri sifat jihatidan farq qilishi bilan birga, ishlab chiqarishning o’sish sur’ati, unumli mehnatda band odamlaming soni, milliy daromadning miqdori, uning jamiyat a’zolariga taqsimlanishi (miqdor) va shu kabilar bilan farq qiladi.
Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan iborat meyorga ham ega bo!ladi. Meyor — narsa va hodisalarning miqdor va sifat birligini qamrab oluvchi chegaradir. Boshqacha qilib aytganda, sifat bilan miqdorning birligi meyor deyiladi. Meyor — narsa va hodisalarning shunday muayyanligiki, uning buzilishi narsa yoki hodisa sifati o!zgarishiga, boshqa sifatga o’tishiga, ya’ni boshqa narsa va hodisaga aylanishiga olib keladi.
Narsa va hodisalar o’z mavjudligining ma’lum davrlarida sifat va miqdor birligini, ya’ni oldingi sifatlarini saqlaydilar. Bu davrda ularda faqat muhim bo’lmagan miqdor o’zgarishlari sodir bo!ladi. Biroq, bu jarayon vaqtinchadir. Taraqqiyotning ma’lum bosqichida miqdor o!zgarishlari shunday darajaga yetadiki, endi yangi miqdor o’zgarishlari mumkin bo’lmay qolishi tufayli, zaruran sifat o’zgarishlariga o’tadi. Bunda narsaning eski sifat chegarasi buzilishi natijasida uning oldingi meyori ham o’zgaradi, ya’ni yangi sifat va miqdorga ega bo’lgan yangi meyordagi narsa vujudga keladi.
Borliqdagi narsa va hodisalarda barcha o’zgarishlar: rivojlanish, taraqqiyot miqdor va sifat o’zgarishlari natijasida sodir bo!ladi. Bunda miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga o’tgani kabi, sifat o’zgarishlari ham miqdor o’zgarishlariga o’tadi. Rivojlanish jarayonidagi bir-biridan farq qiluvchi bu ikki xil sifat va miqdor o’zgarishlari uzluksizlik va uzilishning birligi sifatida namoyon bo’ladi. Uzluksizlik — narsa va hodisalar rivojlanishidagi miqdor o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. Uzluksiz rivojlanish davrida narsa va hodisalarda ichki o’zgarishlar yuz bersa-da, bular shu narsa yoki hodisa mohiyatini butunlay o’zgartirib yubormaydi. Bunda narsa yoki hodisa o’zining oldingi sifatini saqlab qoladi. Uzilish esa, shu narsa va hodisalar rivojlanishida endi yangi miqdor o’zgarishlari mumkin bo’lmay qolgan bir paytda yuz beradigan sifat o’zgarishlarini ifodalaydi. Uzilish — bu ozgarish va rivojlanish jarayonida narsa yoki hodisaning bir sifat muayyanligidan ikkinchi sifat muayyanligiga o’tishi demakdir. O’zgarish va rivojlanishda miqdoming sifatga o’tishi, eski sifatning yangi sifatga aylanish jarayoni falsafada uzluksizlikning uzilishi deyiladi.
Bir sifatdan ikkinchi sifatga o’tish jarayoni falsafada sakrash deb ataladi. Sakrash birdaniga, to’satdan bo’ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari ko’payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
Sakrashlar o’z xarakteriga ko’ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo’lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Masalan, tabiatdagi sakrashlar, ya’ni eski sifatdan yangi sifatga o’tishlar insonning irodasiga bog’liq bo’lmagan holda, tabiiy-tarixiy jarayonning oqibati sifatida yuz beradi. Ijtimoiy hayotdagi sakrashlar esa tabiatdagi sakrashlardan farq qilib, ular kishilar tomonidan obektiv zaruriyatlami anglash natijasida tayyorlanadi va amalga oshiriladi. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlar tadrijiy rivojlanishlar orqali amalga oshiriladi. Sakrashlar inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning bilimlar tizimining rivojlanib borishiga ham xosdir. Ilm-fan sohasida sekin-asta to’planib borgan dalillar, ma’lumotlar va bilimlar asosida inson o’z aql-idroki bilan butunlay yangi ixtiro va kashfiyotlar qiladi. Bu ham, asosan, tadrijiy yoi bilan amalga oshadi.
O’zbekiston haqiqiy demokratik va rivojlangan davlatga aylanishi, ya’ni, yangi sifatga ega bo’lishi uchun juda ko’p iqtisodiy, siyosiy va ma’rifiy islohotlami amalga oshirish kerak. Taraqqiyotning tadrijiy yo’li — O’zbekistonni jahondagi rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishning muhim shartlaridandir.
Endi, rivojlanishning sababi nima, degan masalani ko’rib chiqamiz.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə